Zlatan: "Meni butun dunyo jamoalari o'z safida ko'rishni istaydi"
05 okt 2018 18:42
Yangiliklar
Zlatan: "Meni butun dunyo jamoalari o'z safida ko'rishni istaydi"
"Los-Anjeles Gelaksi" hujumchisi Zlatan Ibragimovich "Milan"ga qaytishi borasidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
"Butun dunyo jamoalari meni o'z safida ko'rishni istaydi. Demak, bu normal holat", - dedi Zlatan.
Oldinroq Ibragimovich 2010-2012 yillarda harakat qilgan sobiq klubi "Milan"ga qaytishi borasida malumotlar berilgandi. Italiya klubi direktori Leonardo bu boradagi xabarni tasdiqlagandi. Ammo aytilishicha 37 yoshli futbolchi sobiq klubiga qaytishi imkonsiz holat.
Ayni damda Zlatan "Los-Anjeles Gelaksi"ning 24 uchrashuvida qatnashib, 20 gol urishga erishdi.
Fikrlar