Ziesh va Mendi “Sautgempton”ga qarshi o'yinda qatnashadimi? Lempard javob berdi

Eldor Akmurzayev
16 okt 2020, 22:00
APL 5-turi doirasida “Chelsi” o'z maydonida “Sautgempton”ni qabul qiladi.

Ertangi bahs oldidan Frenk Lempard o'z fikrlari bilan bo'lishdi.

“Xakim mart oyidan buyon o'ynamagan, chunki Niderlandiya chempionati to'xtatib qo'yilgandi. O'shandan beri u formasiga qaytish uchun ko'p mehnat qildi va hozirda u ajoyib ko'rinishga ega.

Uning o'yini sabrsizlik bilan kutmoqdaman. Xakim – juda istedodli futbolchi. U o'yinda qatnasha olishidan xursandman, boisi, Ziesh hujumda bizga yaxshigina yordam bera oladi.

Mendi? U ertangi o'yinga tayyor emas. Umid qilamizki, uning jarohati jiddiy bo'lmagan”, deydi Lempard

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Goal