Zidan Jazoirdagi shifoxanaga yordam qo'lini cho'zdi
14 apr 2020 22:59
Yangiliklar
Zidan Jazoirdagi shifoxanaga yordam qo'lini cho'zdi
"Marca" nashri xabariga ko'ra, Madridning "Real" klubi bosh murabbiyi Zinedin Zidan boshchiligidagi xayriya jamg'armasi Bejaye shifoxonasiga (bir paytlar Zidanlar oilasi yashagan provinciyada joylashgan) tibbiy buyumlar hadya qilgan.
Insonparvarlik yordami reanimaciya jihozlari, suniy nafas oldirish moslamalari va boshqa tibbiyot buyumlaridan iborat.
Malumot uchun, Zidanning ota-onasi Jazoir urushi boshlanishidan oldinroq Franciyaga ko'chib o'tgan. Zinedin Marselda tug'ilgan.
Jazoir Afrikada koronavirus pandemiyasidan eng ko'p zarar ko'rgan davlatlardan biri hisoblanadi. Malumotlarga ko'ra, 1 983 kishi infekciya bilan zararlangan bo'lsa, 313 nafar bemor olamdan o'tgan.
O’xshash yangiliklar
15:54
"Bavariya" boshqa murabbiylardan rad javobini olganiga qaramay, Zidan variantini ko'rib chiqmaydi 3
Fikrlar