JCHda "yo'qolib qolgan" yulduzlar (FOTO)
28 iyu 2014 13:18
Yangiliklar
JCHda "yo'qolib qolgan" yulduzlar (FOTO)
Diego Kostaning ushbu Mundialda jamoasi uchun keltirgan foydalaridan biri Gollandiyaga qarshi o'yinda penalti ishladi. Undan so'ng umuman ko'rinmadi.
Kevin-Prins Boateng(chapda) - Gana terma jamoasi yulduzlaridan biri. Lekin, o'zidan kutilgan natijani qayd eta olmadi.
Pepe - umuman olganda har doim ham qizil kartochka olavermaydi. Lekin, bu safargisi u va jamoasi uchun qimmatga tushdi.
Yaya Ture - uning o'yinlari ham ko'ngildagidek chiqmadi va Kot-d’Ivuar yana guruhda qolib ketdi.
Klubdagi muvaffaqiyatsiz mavsumdan so'ng Sindzi Kagavaning terma jamoasida ham ishlari yurishmadi.
Stiven Jerrard boshchiligida Angliya terma jamoasi ham JCHni tark etdi.
Serxio Ramos JCHdan oldin "Oltin to'p"ga davogar sifatida tahmin qilinayotgan edi. Gollandiya terma jamoasiga qarshi o'yinda uning qay ahvolga tushganini yaxshi bilasiz.
Iker Kasilyas - ikkita o'yinda ettita gol o'tkazib yuborgan yulduz edilikda JCHni tomoshabinlar safida kuzatadi.
Mario Balotelli - avvaliga barchasi yaxshi ketayotgan edi. Lekin Kosta-Rikaga qarshi o'yinda gol urishni uddasidan chiqa olmadi va Urugvayga qarshi o'yinda terma jamoa bosh murabbiyi Prandelli bilan kelisha olmay qoldi.
Ronaldu bir oz bo'lsada o'z o'yini bilan terma jamoasining Gana ustidan g'alaba qozonishiga yordam berdi. Lekin... Ungacha ko'p narsa hal qilib bo'lingan edi. Na chora, yolg'iz otning changi chiqmas.
Horij saytlari asosida Aziz To'xtamurodov tayyorladi
Fikrlar