"Inter" qatorasiga 8 o'yindan buyon yutqazmayapti – 7 g'alaba va durang. Keyingi raqiblar – "Arsenal" va "Napoli"
04 noy 2024 09:05
Yangiliklar


"Inter" qatorasiga 8 o'yindan buyon yutqazmayapti – 7 g'alaba va durang. Keyingi raqiblar – "Arsenal" va "Napoli"
"Inter" mag'lubiyatsiz seriyasini 8 ta o'yingacha etkazdi.
Tunda A Seriya 11-turi doirasida "neradzurri" "Veneciya"ni (1:0) mag'lubiyatga uchratishdi.
Barcha musobaqalardagi oxirgi 8 o'yinda "Inter" 7 bor g'alaba qozondi va 1 marta durang qayd etdi – "Yuventus" bilan (4:4).
Simone Indzagi jamoasi so'nggi bor 22 sentyabr kuni "Milan"ga imkoniyatni boy bergan (1:2) edi.
Keyingi bellashuvda "Inter" ECHL doirasida "Arsenal"ga ro'baro keladi. Uchrashuv 6 noyabrga belgilangan. Keyingi yakshanba kuni esa Italiya chempionati etakchisi bo'lib turgan "Napoli"ga qarshi bellashuv bo'ladi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar