10-tur o'yinidan keyin MYU 13-o'rinni egallab turibdi. 1986 yildan buyon bunday yomon start bo'lmagan
04 noy 2024 08:46
Yangiliklar


10-tur o'yinidan keyin MYU 13-o'rinni egallab turibdi. 1986 yildan buyon bunday yomon start bo'lmagan
"Manchester Yunayted" APLdagi so'nggi 38 yildagi eng yomon startini qayd etmoqda.
APL 10-turi doirasida MYU "CHelsi" bilan durang (1:1) o'ynadi.
Manchesterliklar jadvalning 13-pog'onasini band etib turishibdi. Jamoa hisobida 12 ochko bor – bu 1986/87-ylgi mavsumdan buyon eng yomon start hisoblanadi. O'shanda dastlabki 10 turdan keyin MYU bor yo'g'i 8 ochko jamg'argandi.
Premer-liganing keyingi turida "Manchester Yunayted" o'z uyida "Lester"ni qabul qiladi. Uchrashuv 10 noyabrga belgilangan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar