So’nggi yangiliklar

01:59ЛаЛига. "Атлетико" Сорлотнинг 23 дақиқадаги покери эвазига йирик ғалаба қайд этди  0 01:18Муҳаммад Салоҳ: "Буни ҳеч ким кутмаганди"  1 00:44Камолиддин Тожиев: "Морейра штабида ишлашим керак бўлганди"  10 00:09Илёс Зейтуллаев: "Қаршида "Насаф"дан очко олиш кўп нарсаларни англатади"  0 23:57Улуғбек Бакаев: "6:0 ҳисобида мағлуб бўлиш жуда оғриқли"  7 23:38Бундеслига. "Бавария" ўз майдонида ишончли ғалабага эришди, Мюллер "Альянц Арена" билан хайрлашди  2 23:18Рўзиқул Бердиев: "Насаф" ҳозир шу даражага етди-ки, дуранг ҳам ранжитяпти"  19 23:05Суперлига. ОКМКда камбек, "Пахтакор" йирик ҳисобда ғалаба қозонди, "Насаф" эса сўнгги дақиқаларда ғалабани қўлдан бой берди  0 22:58А Серия. "Ювентус" Римда 90+6-дақиқада ғалабани қўлдан чиқарди  16 22:40"Барселона" вингери: "Флик жамоани қандай қилиб бирлаштириш ва салоҳиятимизни очишни билади"  2 22:11Суперлига. Бир неча етакчисиз майдонга тушган "Пахтакор" "Бухоро"ни тор-мор этди  63 21:43Баҳром Ҳайдаров: "30 сонияда барчаси ўзгариб кетди"  2 21:26Миржалол Қосимов: "Иродали ғалабаларнинг сири йўқ"  14 21:03АПЛ. "Манчестер Сити" энг сўнгги ўриндаги жамоани мағлуб қила олмади  23 20:57Суперлига. Очиқ ва ёрқин футбол намойиш этилган ўйинда "Насаф" "Бунёдкор" билан муроса кўчасини танлади  50

Superliga. "Nasaf" bir kishi kam bo'lib qolgan "Lokomotiv"ni engib, muddatidan avval o'z tarixidagi ilk chempionligini qo'lga kiritdi Yangiliklar

Superliga. "Nasaf" bir kishi kam bo'lib qolgan "Lokomotiv"ni engib, muddatidan avval o'z tarixidagi ilk chempionligini qo'lga kiritdi

Superliganing 23-turidan o'rin olgan "Lokomotiv" - "Nasaf" uchrashuvi yakunlandi.

Lokomotiv

Superliga. 23-tur

01/11/2024, 16:00

1
:
0
Tugadi

Nasaf

Akmal Mozgovoy - 73'

45'
90'
35'  Ivan Rogach
58'  Abdulaziz Abdurashidov (Anzur Ismoilov)
79'  Jasur Hakimov (Konstantin Bazelyuk)
79'  Muhammadanas Hasanov (Rustam Xolnazarov)
83'  Shodiyor Shodiboyev (Sobit Sindarov)
83'  Sardor Abdunabiev (Quvonchbek Abraev)
86'  Sobit Sindarov
46'  Dilshod Komilov (Zafarmurod Abdurahmatov)
73'  Akmal Mozgovoy
73'  Oybek Bozorov
79'  Bobir Abdixoliqov (Valentino Yuel)
79'  Zoran Marushich (Marko Stanoevich)
90'  Sharof Muhitdinov (SHahzod Akramov)
90'  Stefan CHolovich (Doniyor Narzullayev)

"Lokomotiv" - "Nasaf" 0:1
1 noyabr 2024 yil. Toshkent viloyati, "Do'stlik" stadioni. 16:00
Bosh hakam:
Ahrol Risqullaev
Yordamchi hakamlar: Anvar Marajabov, Ziyodullo Abdurahmonov
Zaxira hakami: Alisher Abduvohidov
VAR hakami: Edita Mirobidova
AVAR hakami: Adham Rixsiboev
Nazoratchi: Fayzullo Hasanov
Komissar: Diyor Xotamqulov

Gol: 0:1 — 73, Akmal Mozgovoy (Oybek Bozorov).

"Lokomotiv": 1.Abdumavlon Abdujalilov, 2.Abdulazizxon Abdurashidov (55.Anzur Ismoilov, 58), 3.Valeriy Kichin, 4.Ivan Rogach, 7.Sardor Abdunabiev (28.Quvonchbek Abraev, 83), 10.SHodiyor SHodiboev (27.Sobit Sindarov, 83), 15.Jasurbek Hakimov (11.Konstantin Bazelyuk, 79), 17.Sanjar Tursunov, 22.Muhammadanas Hasanov (72.Rustam Xolnazarov, 79), 26.Abdulloh Yo'ldoshev, 70.Abubakrrizo Turdialiev.
Zaxira: 32.Suhrobjon Sultonov, 9.Temur Mamasidiqov, 33.Ibrohimjon Qurbonov, 35.Azizbek Abdumajitov.

"Nasaf": 35.Abduvohid Nematov, 4.Dilshod Komilov (8.Zafarmurod Abdirahmatov, 46), 6.Murod Rahmatov, 7.Akmal Mozgovoy, 10.Bobir Abdixoliqov (23.Kuach Yuel, 79), 14.SHarof Muhitdinov (44.SHahzod Akramov, 90), 19.Stefan CHolovich (21.Doniyor Narzullaev, 90), 22.Igor Golban, 28.SHuhrat Muhammadiev, 32.Zoran Marushich (88.Marko Stanoevich, 79), 77.Oybek Bozorov.
Zaxira: 1. Umidjon Ergashev, 5.G'olib G'aybullaev, 9.Javohir Sidiqov, 24.Sardorbek Bahromov.

Ogohlantirish: Sobit Sindarov (86).

CHetlatish: Ivan Rogach (35).

MATNLI TRANSLYACIYA

YANGILASH

O'yin yakunlandi.

90. Ikkinchi bo'limga 6 daqiqa qo'shib berildi.

90. "Nasaf "tarkibida ikki o'zgarish amalga oshirildi.

86. Katta tezlikda ketayotgan Kuachni yiqitgan Sindarov ogohlantirildi.

83. "Loko" yana ikki o'zgarishga qo'l urdi.

82. Xavfli vaziyat! CHolovichning superzarbasidan so'ng Abdujalilov superseyv namoyish etdi.

79. Ikkala jamoa tarkibida ikkitadan o'zgarish amalga oshirildi.

73. GOL! Mozgovoydan super-muper gol! Mozgovoydan chempionlik goli! Raqib jarima maydonida ko'ksi bilan to'pni qabul qilib olgan "Nasaf" yarim himoyachisi chalqancha uslubda raqib darvozasini ishg'ol qildi!


69. Xavfli vaziyat! Abdurahmatovning uzatmasidan so'ng Abdixoliqov bu safar aniq zarba yo'lladi, biroq "Lokomotiv" darvozaboni to'pni egallab oldi.

64. Marushich raqib posboni bilan birga-birp vaziyatga chiqib borib, zarba yo'lladi. Abdujadidov to'pga chiqib borib, uni egallab oldi.

62. Muhiddinovning jarimadan yo'llagan zarbasi raqib darvozasining yuqorisidan o'tib ketdi.

58. "Lokomotiv"da o'zgarish: Abdurashidov o'rniga Ismoilov maydonga tushirildi.

57. Abdurashidov o'yinni davom ettira olmasligi malum bo'ldi.

54. Abdurashidov raqib futbolchisini aldab o'tayotganda "Nasaf" futbolchisi bilan to'qnashib ketdi. Unga tibbiy yordam ko'rsatilmoqda.

51. Bozorovning zarbasi raqib himoyachilari tekkan holda maydonni tark etdi.

49. Xavfli vaziyat! Burchak uzatmasidan so'ng Abdixoliqov o'ta yaqin masofadan o'ng oyoqda aniq zarba yo'llay olmadi. Bu Bobir bilan bog'liq birinchi holat emas.

49. Mozgovoyning uzoq masofadan yo'llagan zarbasi Kichinga tegib, yo'nalishini o'zgartirganolda maydonni tark etdi.

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi. "Nasaf" bitta o'zgarish amalga oshirdi.

Taym yakunlandi.

45. Birinchi bo'limga 1 daqiqa qo'shib berildi.

44. Komilov o'ng qanotdan uzatmaga bosh bilan zarba yo'lladi, ammo biroz aniqlik etishmadi.

41. Xavfli vaziyat! Abdixoliqov Mozgovoyning pasidan so'ng chap oyoqda zarba yo'lladi, ammo unga aniqlik etishmadi.

35. "Lokomotiv" himoyachisi  Ivan Rogach hakamga etiroz bildirgani uchun maydondan chetlatildi. Uning qanday so'zlar aytgani bizga nomalum. Ehtimol, haqoratli so'z ishlatgan bo'lishi mumkin.

34. Mehmonlarning ketma-ket zarbalari darvozaga qadar etib bormayapti.

30. "Nasaf" futbolchisi tomonidan uzoq masofadan yo'llangan zarbani Abdujalilov qaytardi.

28. "Nasaf" tomonidan amalga oshirilgan hujum burchak zarbasi bilan yakunlandi.

21. Muhiddinovning chap qanotdan jarima maydoniga uzatmasi ko'ngildagidek chiqmadi. "Lokomotiv" darvozaboni to'pni egallab oldi.

18. Mezbonlar tomonidan chap qanotdan uzatilgan to'pni Nematov egallab oldi. Hakimov shikastlangan ko'rinadi. Unga tibbiy yordam ko'rsatildi.

12. Xavfli vaziyat! Mezbonlar tomonidan ajoyib kombinaciya natijasida Hasanov raqib posboni bilan birga-bir vaziyatga chiqib borayotgandi, biroq u sherigi tomonidan uzatilgan to'pni to'xtatishda xatoga yo'l qo'ygani bois Nematov to'pni egallab oldi.

9. Mozgovoyning olisdan yo'llagan zarbasiga biroz aniqlik etishmadi.

7. Yana bir xavfli vaziyat! Bozorovning ajoyib uzatmasidan so'ng raqib jarima maydonida turgan Abdixoliqov to'xtatmasdan zarba yo'lladi, zarbaga biroz aniqlik etishmadi.

6. Xavfli vaziyat! Kichinning qo'pol xatosidan so'ng to'pni olib qo'ygan Bozorov bo'sh darvozani ishg'ol qilishga tayyor turgan Abdixoliqovga pas berdi. So'nggi lahzada Abdurashidov jamoasini muqarrar goldan qutqarib qoldi.


4. "Nasaf" futbolchilari tomonidan amalga oshirilgan burchak uzatmasini mezbonlar himoyachisi qaytardi.

1. O'yin boshlandi. "Lokomotiv" oq, "Nasaf" qizil rangli liboslarda harakat qiladi.

Reyting: +21   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика