So’nggi yangiliklar

13:38Турсунов — Гонконг чемпионатининг декабрдаги энг яхши футболчиси!  0 13:11Словакиялик ҳужумчи Ўзбекистонда тўп тепади  2 12:45Расман: Шерзод Насруллаев — "Пахтакор" аъзоси!  3 12:32Расмий хабар: Ойбек Бозоров "Пахтакор"да!  5 12:14"Навбаҳор" Қозоғистоннинг 5 карра чемпиони билан ўйнайди  2 11:52Расман: "Пахтакор" Қувватов қайтганини эълон қилди  3 11:33Артета: "Мен учун Деклан Райс — дунёдаги энг яхши ярим ҳимоячи"  1 10:58Кечаги учрашувда ғалабани қўлдан чиқарган Гвардиола нималар деди?  4 10:32"Шўртан"нинг икки нафар асосий футболчиси "Хоразм" йиғинида  2 10:06"Сурхон" яна бир футболчиси билан хайрлашди  1 09:40Sofascore. Ҳусанов кечаги учрашувдаги ҳаракатлари учун неча баҳога лойиқ кўрилди?  1 09:18Чет эллик мутахассис Суперлига жамоасининг бош мураббийи бўлади  8 08:48Ҳусниддин Алиқулов фаолиятини бошқа жамоада давом эттириши мумкин  7 08:22Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди  27 02:59Ла Лига. "Атлетико" меҳмонда "Реал Сосьедад"га қарши ўйинда очко йўқотди  3

Vitaliy Levchenko: "Men mish-mishlarga ishonmayman" Yangiliklar

Vitaliy Levchenko: "Men mish-mishlarga ishonmayman"

Superliganing 23-turidan o'rin olgan "Neftchi" - "Bunyodkor" (2:1) uchrashuvidan keyin Vitaliy Levchenko matbuot anjumanida ishtirok etdi.




"Biz Bunyodkorga ochko kerakligini bilar edik. SHu bois, ilk taym juda yopiq o'yin ko'rdik. Bizda bitta imkon bo'ldi, ammo undan foydalana olmadik. Ikkinchi bo'limda gol urgach, o'yin ochilib ketdi. Keyin yana bitta to'p kiritdik, ammo yakun juda asabiy o'tdi. Gol o'tkazgach, bahs so'nggida natijadan xavotirlandim. Yigitlarga bor kuchini maydonda tashlab ketgani uchun tashakkur bildiraman", - dedi Levchenko.

- "Bunyodkor" "Neftchi"ga qadar 5 ta uchrashuvda yutqazmagan edi. Bugun siz Zeytullaevni engdingizmi?
- Agar ikkinchi davrani olsak, "Bunyodkor" o'zgardi. Bu bosh murabbiyning mehanti ekanligini aniq. Taktika va strategiya borasida qarash murabbiyga tegishli. Jamoa ikkinchi davrada ochko jamg'arish borasida etakchilardan. Ularni enganimiz ikki xissa yoqimli.

- Nega zaxira o'rindig'idan futbolchilarni kech maydonga tashladingiz?
- Bu taktik o'zgarishlar futboldagi ayyorliklar bilan bog'liq. Vaqt yakunlayotgan paytda, qo'shimcha o'zgarishlar pauzalarni yuzaga keltirar edi.

- "Neftchi" bilan kelasi mavsumda ishlashingiz necha foiz haqiqatga yaqin?
- Barchasi yaratgandan va rahbariyatning qaroriga bog'liq. Bu masalani hal etadigan odamlarning qo'lida qolgan. Men o'z ishimni qilaman. Men mish-mishlarga ishonmayman. Hozir "Neftchi"da ishlayapman. Qachonki, rasmiy xabar bo'lsa, keyin fikr bildirish mumkin.

- Bu yilgi "Neftchi" o'tgan yilgisiga o'xshashi uchun nima etishmadi?
- Futbolchilar o'zgarmoqda. Natija hali-xamon turnir jadvalining yuqori qismida turibdi. Agar taqqoslasak, mavsum hali yakunlanmadi. Qolgan 3 ta o'yinda yaxshi o'yin ko'rsatib, ochkolarni jamg'arish kerak. Hammasi hali oldinda.

- "Neftchi" tarkibida yosh futbolchilarni juda ham kam ko'ryapmiz?
- Agar qaydnoma haqida gap borsa, ular ro'yxatda bor. Hech kim asosiy jamoani eshigini yopib qo'ygani yo'q. Agar yosh futbolchi asosiy tarkibdagi futbolchi bilan raqobatda yutqazsa, uni majburlab asosiy tarkibga joylashga xojat yo'q. Bugun yoshlar darajaga javob bermaydi. Yoshlar bilan natija qila olmasam, nega jamoani yoshlarga qoldirdingiz deb savol berishingiz mumkin. Ular o'sishi uchun tizim va tuzilma kerak.


Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика