So’nggi yangiliklar

00:26Абдуқодир Ҳусанов тиббий кўрикдан ўтди  2 00:15Саудия Арабистони. "Ал Насср" яна очко йўқотди  0 23:59Аёллар ОК-2025 саралаши. Ўзбекистон Австралияга мағлуб бўлган учрашувдан ГАЛЕРЕЯ  0 23:54А Серия. "Рома" - "Женоа". Асосий таркиблар маълум!  5 23:43Бундеслига. "Айнтрахт" - "Боруссия" Д. Асосий таркиблар маълум!  0 23:00Янгиланаётган "Пахтакор" ёхуд Педру Морейра йиғаётган португал забон "банда"  5 22:47"Милан"га "Челси" футболчиси керак  0 22:11Ўзбекистон U20 Сурия билан дуранг ўйнади  1 21:56Неймар "Барселона"дан кетиши сабабини айтди  5 21:36Қозоғистонлик футболчи "Челси"га ўтади!  22 20:47"Андижон" Бубанья ва Маматказин билан хайрлашди  16 20:15Гарначо Лондон жамоасига ўтиши мумкин  5 19:50ОК-2025 саралаши. Футзалчиларимиз Австралияга 1:3 ҳисобида мағлуб бўлишди  13 19:28Ўзбекистон U-20нинг Сурияга қарши ўйин учун таркиби маълум  2 19:20Неймар Мессининг ПСЖга келиши унинг Мбаппе билан келишмовчилигига сабаб бўлганини айтди  3

JCH-2014 stadionlari. “Mineyrao” (Belu-Orizonte) Yangiliklar

JCH-2014 stadionlari. “Mineyrao” (Belu-Orizonte)

2014 yilgi Jahon chempionatini qabul qiluvchi stadionlar bilan tanishtirishni davom ettiramiz.
Bunga qadar 10ta stadion haqida malumot bergandik.

Arena de Korintians” (San Paulu)
Arena das Dunas” (Natal)
Estadio Kastelan” (Fortaleza)
"Arena Amazoniya" (Manaus)
"Braziliya milliy stadioni" (Brazilia)
"Arena Pernambuku" (Resifi)
"Fonte Nova" (Salvador)
"Arena Pantanal" (Kuyaba)
"Beyra-Rio" (Portu-Alegri)
"Arena da Bayshada" (Kuritiba)

Bugun Belu-Orizonte shahridagi “Mineyrao” stadioni haqidagi malumotlar bilan tanishing.



Braziliyada kattaligi jihatidan "Marakana"dan keyingi o'rinda turadigan stadionga jami 62,5 ming muxlis sig'adi. Biroq FIFA odatdagidek sig'imni kamaytirdi. Bu safar - 57 483taga tushdi.

"Mineyrao" mamlakatning eng chiroyli va uzoq tarixga ega bo'lgan stadion. 2012 yilda stadionda katta rekonstrukciya ishlari olib borildi, uning tashqi tomoni Berlindagi Olimipiya stadioniga o'xshatildi, infrastrukturasi yaxshilandi.



"Mineyrao"da "Atletiko Mineyro" va "Kruzeyro" klublari o'z uy o'yinlarini o'tkazishadi. 1997 yilda stadionga 132 834 nafar muxlis kelgan, bu rekord hisoblanadi.

Bu erda Braziliya terma jamoasi bir necha marta o'z o'yinlarini o'tkazgan. Termaning Belu-Orizontedagi debyut o'yini Urugvayga qarshi 1965 yilda bo'lib o'tgan. O'shanda "selesao" safida bir vaqtning o'zida "Palmeyras"ning 11 nafar futbolchisi tushgandi.

JCH-2014da "Mineyrao"da guruh bosqichining 4ta, 1/8 final hamda yarim finalning bittadan o'yini bo'lib o'tadi.



To'liq nomi: "Estádio Governador Magalhães Pinto"
Stadion ochilgan: 1965 yil
Rekonstrukciya qilingan: 2012 yil
Stadion egasi: "Minas Arena".
Stadion sig'imi: 62160
Maydon uzunligi: 105x68
Stadion rasmiy sayti: www.novomineirao.mg.gov.br



Qizilqarli faktlar
"Belu-Orizonte"dagi stadion jurnalist taklifi bilan qurilgan

"Mineyrao"ga "Atletiko Mineyro"ning o'yinlariga "Kruzeyro"ning uchrashuvlaridan ko'proq odam keladi.
 
1969 yilda "Atletiko Mineyro" mana shu erda engilmas deb atalgan Braziliya terma jamoasini mag'lub etgandi.

"Mineyrao" – Braziliyadagi eng mashhur va ommabop koncert saroylaridan biri hisoblanadi.



Bu stadiondagi barcha o'yinlar:
14 iyun
Kolumbiya - Greciya

17 iyun
Belgiya - Jazoir

21 iyun
Argentina - Eron

24 iyun
Kosta-Rika - Angliya

28 iyun
1/8 final (A1-B2)

8 iyul
Yarim final



FIFA.UZ da JCH-2014 uchun orzular jamoasini tuzing


Narzulla Saydullaev tayyorladi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика