So’nggi yangiliklar

17:40Гонсало Гарсия Ван Нистелройнинг натижасини такрорлади  0 17:23"Машъал" афсонаси Жамшид Ҳасанов фаолиятини якунлади  2 17:07Гвардиола "Челси" билан ўйинда икки ҳимоячисидан айрилди  2 16:50"Бу клуб менинг уйим эди. Келажакда ҳам шундай бўлиб қолади". Сергеев "Пахтакор" билан хайрлашди  5 16:44Суперлигадаги трансферлар бир саҳифада  30 16:32Нурилло Тўхтасинов: "Вадим Абрамовнинг қўлида 3 йил ўйнаганман. Самарқандда мухлисларни хурсанд қилишимиз керак"  1 16:10"Сўғдиёна" Грузиянинг 2 карра чемпионига қарши баҳс юритади  1 15:52Инсайд тасдиқланди: "Хоразм" футболчиси ОКМКга ўтди  1 15:44"Динамо" машғулотлари Championat.asia объективида  3 15:33"Манчестер Юнайтед" клуби Аморим бўйича расмий баёнот берди  8 15:21Breaking! МЮни ёзгача бошқарадиган мураббий номи маълум  11 15:01Тезкор хабар! Рубен Аморим МЮдан кетди  21 14:34"Динамо" Тошкентда йиғинни бошлади  3 14:33"Қўқон-1912" 3 нафар футболчиси билан шартномани узайтирди  2 14:05"Тоттенхэм" чап вингер позицияси учун шорт-лист тузди  0

"Andijon" Bubanya va Mamatkazin bilan xayrlashdi Yangiliklar

"Andijon" Bubanya va Mamatkazin bilan xayrlashdi

"Andijon" Ildar Mamatkazin va Vladimir Bubanya bilan xayrlashdi.

"Jamoamiz qishki selekciya ishlarini davom ettirmoqda. Tarkibga yangi futbolchilar taklif qilinayotgani bilan bir qatorda jamoamiz safini tark etayotgan futbolchilar ham bor. Yaqinda 7 nafar o'yinchi bilan xayrlashilgani haqida xabar berib o'tgandik. 

Bu safar “Andijon” jamoamiz sharafini munosib himoya qilgan yana ikki nafar futbolchilar – Vladimir Bubanya va Ildar Mamatkazin bilan ham shartnoma yakunlangani sababli do'stona ravishda xayrlashildi. Ular jamoamizning sardorlari sifatida ozlaridan yorqin taassurot qoldira oldilar. 

Malumot uchun, Bubanya “Andijon”da uch yil davomida to'p surdi. U shu vaqt mobaynida 77 ta uchrashuvda maydonga tushib, 8 ta gol urdi va 5 ta golli pasni amalga oshirdi.

Ildar Mamatkazin esa faoliyatining katta qismini “Andijon” uchun bag'ishladi. Katta futbolga aynan “Andijon”da kirib kelgan va futbolchi sifatida ilk qadamlarini “Burgutlar”da qadam bosdi. U jamoamiz safida hammasi bo'lib, 132 ta o'yinda maydonga tushgan va 15 ta gol urgan. SHuningdek, golli paslarni ham amalga oshirgan.

“Andijon” klubi hamda uning muxlislari jamoamizni shu paytgacha tark etgan futbolchilarni va shu jumladan Bubanya hamda Mamatkazinning qilgan xizmatlarini hech qachon unutmaydi. Klub mazkur o'yinchilar bilan yorqin g'alabalarni birga nishonladi. Ularning keyingi faoliyatiga muvaffaqiyat tilab qolamiz.. 

Hammasi uchun rahmat!", - deb yoziladi klub bayonotida.

Reyting: -2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика