Zabitcer MYUda butunlay qolishni istaydi
06 apr 2023 12:12
Yangiliklar
Zabitcer MYUda butunlay qolishni istaydi
"Manchester Yunayted" futbolchisi Marsel Zabitcer jamoada butunlay qolishni xohlamoqda.
Asli egalik huquqi "Bavariya"ga tegishli bo'lgan yarim himoyachi Marsel Zabitcer ijara shartnomasi tugaganidan keyin ham "Old Trafford"da qolishni afzal ko'radi.
29 yoshli Avstriya terma jamoasi azosining Germaniyaga qaytib ketishi ehtimoli juda past. "Qizil iblislar" uni Bundesliga vakilidan sotib olmaydigan taqdirda ham fubolchiga Premer-liganing boshqa klublaridan nomzodlar topilishi tayin. Uning xizmatlariga liganing bir qator klublari qiziqish bildirmoqda.
Zabitcer joriy mavsum Erik ten Hag qo'l ostida barcha musobaqalarda jami 10 ta o'yinda ishtirok etdi.
Fikrlar