Lyov yoki Bilich kelishiga Kapadze nima deydi?
18 iyu 10:15
Yangiliklar
Lyov yoki Bilich kelishiga Kapadze nima deydi?
So'nggi paytlarda O'zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyligiga Yoaxim Lyov yoki Slaven Bilich nomzodi ko'rib chiqilayotgani haqida xabarlar bong urmoqda.
Albatta bu borada terma jamoamiz ustozining fikrlari qiziq. Timur Kapadzega mazkur mavzu yuzasidan murojaat qildik.
"To'g'risi, nima bo'layotganini tushunmayapman. Men ham bu xabarni ijtimoiy tarmoqlarda ko'rdim. Menga O'FAdan hech kim malumot bergani yo'q. Kimnidir olib kelish borasida ham hech narsa deyishmadi. Bu xabarga nimadir deb javob berish qiyin. Menga berilgan vazifani bajardim. Qolganini vaqt ko'rsatadi. Nasib bo'lsa ishlaymiz, bo'lmasa boshqa joyda.
Bu feyk xabarmi yoki jarayon ketyaptimi hech kim malumot bermadi. Hozir terma jamoa murabbiyiman. Ishlashda davom etyapman",- deydi Timur Kapadze.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Барселона" меҳмонда "Вильярреал" устидан ишончли ғалабага эришди, мезбонлар ўйинчиси 39-дақиқада майдондан четлатилди
"Реал" Абдуқодир Ҳусановни ўз сафига қўшиб олмоқчи
Breaking! Ўзбекистоннинг ЖЧдаги рақиби Португалия Эрон билан ўйнайди
Элит ОЧЛ. "Насаф" "Ал Иттиҳод"га кичик ҳисобда ютқазиб, плей-оффга чиқиш имкониятини йўқотди
Fikrlar