Luis Diasning "Barselona"ga o'tishiga Isaak yoki Ekitike sababchi bo'lishi mumkin Yangiliklar

Luis Diasning "Barselona"ga o'tishiga Isaak yoki Ekitike sababchi bo'lishi mumkin

"Liverpul" klubi "Nyukasl" hujumchisi Aleksandr Isaak yoki "Ayntraxt" forvardi Ugo Ekitikeni sotib olishga harakat qilmoqda.

Bu esa jamoa vingeri Luis Diasning "Barselona"ga transferiga yo'l ochishi mumkin. 

Manbaga ko'ra, Isaak ham, Ekitike ham Dias faoliyat yuritadigan qanotda to'p surish qobiliyatiga ega va bu transferlar "Liverpul"ning kolumbiyalik futbolchiga bo'lgan ehtiyojini kamaytirishi mumkin.

Shu bilan birga, "Barselona" prezidenti Joan Laporta va sport direktori Deku "Liverpul"dagi transfer yangiliklarini diqqat bilan kuzatmoqda. Ular Luis Diasni jamoaga olib kelishda jiddiy manfaatdor hisoblanadi.

Ayni vaqtda, Dias "Liverpul"ning yangi shartnoma borasidagi taklifini qabul qilmagan. U ushbu shartlarni etarli darajada munosib deb topmagan va bu holat uning jamoani tark etishi ehtimolini yanada kuchaytirmoqda.

Avvalroq OAVda tarqalgan malumotlarga ko'ra, "Liverpul" "Nyukasl" bilan Isaak masalasida muzokaralar olib borgan hamda "Ayntraxt"ga Ekitike uchun 81,2 million evro taklif qilgan.

Reyting: +1   

Fikrlar

   
18 iyu 11:20:12
Djurayev Akbar
Шу Диасдан кўра Экитикесини оп кеп қўяқосачи "Барса". Тики такага Экитике. Эшитилиши яхши
   
18 iyu 10:57:03
Sanjik barsa
Issiq yoki ekin-tekindan ko'ra Dias yaxshiroqmasmi?
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика