"Yuventus" "Manchester Yunayted" hujumchisini transfer qilmoqchi
17 iyu 19:28
Yangiliklar


"Yuventus" "Manchester Yunayted" hujumchisini transfer qilmoqchi
Turinning "Yuventus" klubi rahbariyati yozgi transfer oynasida Angliyaning "Manchester Yunayted" hujumchisi Markus Reshfordni qo'lga kiritish niyatida.
Insayder Janluka Di Marcio xabariga ko'ra, Turin klubi vakillari allaqachon 27 yoshli angliyalik futbolchining transferi bo'yicha rasmiy so'rov yuborgan. "Yuventus" yaqin orada "qizil iblislar" bilan forvardning transferi borasida kelishib olishga umid qilmoqda.
Reshfordning o'zi faoliyatini “Barselona”da davom ettirmoqchi. Bungacha angliyalik Saudiya Arabistonidan kelgan foydali taklifni rad etgandi.
Eslatib o'tamiz, Markus Reshford o'tgan mavsumning ikkinchi yarmida ijara asosida "Aston Villa"da o'ynagan edi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar