"Buxoro" ikkinchi davrada raqiblarini Qarshida qabul qiladi

Iskandarov Abdulaziz
18 iyul 2025, 08:55
"Ko'hna shahar" jamoasining manzili o'zgardi.

"Buxoro" klubi uy uchrashuvlarini o'tkazishi rejalashtirilgan stadion hozirga qadar Liga tomonidan Superliga bellashuvlari uchun ro'yxatdan o'tkazilmadi. 

Superliga va Proliga reglamenti”ga ko'ra, klub rasmiy uchrashuv startiga 20 kun qolguniga qadar stadion masalasini to'liq hal qilishi lozim. Shundan kelib chiqib, Buxoro shahridagi stadion tayyor bo'lguniga qadar Buxoro klubi o'z uy uchrashuvlarini Qarshi shahrida o'tkazish bo'yicha "Nasaf" bilan kelishuvga erishdi.

O'xshash yangiliklar


Iskandarov AbdulazizMuallif
Manba: ЎзПФЛ матбуот хизмати