So’nggi yangiliklar

01:17Максим Шацких: “Трансфер ойнаси ёпилгунича 2-3 нафар янги ўйинчи оламиз”  0 00:55"Андижон" назорат ўйинида Тожикистон жамоасини мағлуб этди  1 00:41Футболга қайтиш муборак: "Байер" Эрик тен Хагнинг дебют ўйинида йирик ҳисобда мағлуб бўлди  4 00:21"Манчестер Сити" Траффорд билан шартнома имзолаши мумкин  2 23:59"Ақлдан озаётган" "Тоттенхэм" ўз тарихидаги энг қиммат трансферни амалга оширишга тайёрланмоқда  2 23:46Алишер Одилов "Навбаҳор"ни тарк этди  3 23:24Микель Артета: "Мадуэке - АПЛнинг энг яхши ҳужумчиларидан бири"  1 22:50Месси Ямалга қарши: Финалиссима қачон бўлади?  4 22:20Исак "Ал Ҳилол"га ўтиши мумкин  1 21:53"Милан" Спортьеллони собиқ жамоасига қайтариб юборди  0 21:33Гампер Кубоги учун ўйин қаерда бўлади?  4 21:14Расман: Нони Мадуэке - "Арсенал" футболчиси!  3 20:52"Насаф" назорат ўйинида "Машъал"дан устун келди  2 20:10"Милан" Модрич ёрдамида "Реал" аъзоси билан музокара ўтказмоқда  0 19:45Моуринью: "Португалияга қайтаман. Фаолиятим охирида эмас, чўққисида"  2

Top-transferlar vaqti. "Arsenal" va "Liverpul" "tezligiga" puldan muammosi yo'q "Nyukasl" ham dosh berolmayapti Yangiliklar

Top-transferlar vaqti. "Arsenal" va "Liverpul" "tezligiga" puldan muammosi yo'q "Nyukasl" ham dosh berolmayapti

Nyukasl-apon-Tayn shahri jamoasi Isakka o'rinbosar izlamoqda – bu muhim signal.

Transfer oynasi vaqti doim qiziqarli o'tadi. Biroq bu safargi yoz ayniqsa qiziq bo'lishi va yirik kelishuvlarni taqdim etayotgani (etishi) bilan tarixda qoladigan ko'rinadi.


"Kanonirlar" soyadan chiqmoqchi

Oxirgi ikki mavsum "Arsenal" uchun ayniqsa og'ir o'tdi. "Kanonirlar" titul uchun kurashga qo'shilgach, klub egalari transferlarga pul ayamayapti. Biroq amalga oshirilgan xaridlar sovrin olib kelmadi. 2023/24-yilgi mavsumda Angliya chempionini millimetrlar aniqlab berdi, o'tgan mavsum esa shunchaki dahshat. Bosslar Artetaning mehnati va ularning sarf-xarajatlari samarasini ko'rishni xohlashmoqda. Shu sababli yangi mavsum oldidan transfer bozorida faol bo'lishni davom ettirishadi.

"Arsenal" yarim himoyachi sotib olib ulgurdi. Etiborlisi, uni "Man Siti" jarohat olgan "Oltin to'p" sohibi Rodriga o'rinbosar sifatida ko'rayotgandi – Subimendi Mikel Merino bilan "Sosedad"da birga o'ynagan, endi ular Londonda yana uchrashdi. Ikkinchi darvozabon sifatida Kepa bilan shartnoma imzolandi, zaxiradan o'yinni kuchaytirish uchun Kristian Norgor sotib olindi – londonliklar nafaqat top-ijrochilar, balki zaxira uchun o'yinchilar xarid qilmoqda.

Bu bilan transferlar tugagani yo'q. Yana ikki transfer ustida ish olib borilmoqda – va ulardan biri chinakamiga shov-shuvli bo'lishi kutilmoqda. "Arsenal" "Chelsi"dan Noni Maduekeni sotib oladigan bo'lib turibdi. Oxirgi malumotlarga ko'ra, tomonlar 50 mln funt evaziga kelishuvni imzolashadi. Zaxirani kuchaytirish uchun yana bir transfer rasmiylashtirish arafasida – gap "Valensiya" markaziy himoyachisi Kristian Moskera haqida ketmoqda.

Biroq asosiysi – londonliklar nihoyat maraziy hujumchi uchun katta pul sarflab, top-forvard olib kelmoqchi. Ikkita variant Benyamin Sheshko va Viktor Gyokeresh edi. "Kanonirlar" ikkinchisi transferini deyarli hal qilishdi. "Sporting" etakchisi uchun 63,5 mln evro oladi, yana 10 mln pul bonus bo'lishi mumkin. Yaqin kunlarda bu haqida rasman elon qilishlari kutilmoqda.

Bundan ko'rinadiki londonliklar rotaciya uchun futbolchilar sifatini oshirishga urinib ko'rishdi (Jorjino, Tirni, Parti bilan xayrlashib, ularning o'rniga yangi futbolchilarni olib kelishdi) va muammoli nuqtalar uchun top-ijrochilar bilan shartnoma imzolashdi. Ko'rinib turibdiki, sovrin uchun ishtiyoq yanada kuchaygan.


"Liverpul" raqobatchisining faolligiga reakciya bildirdi

Mersisaydliklar "Arsenal" kuchliroq raqibga aylanayotganini inkor qila olmaydi. Uzoq kutilgan titul xursandchiligini unutib, yangi mavsumga tayyorgarlik ko'rish lozim. Ustiga-ustak hozirgi "Liverpul"ning muammolari yo'q, deb bo'lmaydi. "Qizillar" "Man Siti" inqirozi va "kanonirlar" hali chinakamiga chempionlik uchun kurasha oladigan darajaga etmagan mavsumda g'olib bo'lishdi – qolgan musobaqalar Liga Kubogi va ECHL boy berildi.

Jamoaga zaxira o'rindig'i uzunligi etishmayapti – qizig'i, endi har ikki raqib tarkibini sezilarli ravishda kuchaytirib oldi va etakchilikni shunchaki sovg'a qilib qo'ymaydi. Bu vaziyatda "Liverpul" transferlarga qo'l urmasligi mumkin emasdi. Birinchi yirik xarid amalga oshirildi – "Bayer"dan yosh iqtidor Florian Virc sotib olindi. Bu aslida katta yutuq. Chunki Florianga "Siti" va "Real" ham qiziqish bildirayotgandi. Qizig'i, aynan madridliklar odatda "qizillar" istagan o'yinchilarni ilib ketardi. Bu safar vaziyat buni aksi bo'ldi – muhim signal.

Qo'shimchasiga "Real"ga yo'l olgan Trent Aleksander-Arnoldga yana o'sha "Bayer"dan o'rinbosar topildi - Jeremi Frimpong.

Hozirning o'zida mersisaydliklar yozni samarali o'tkazdi deya olamiz. Virc – uzoq yillar loyihaning yuzi bo'la oladigan futbolchi. U bor ekan "Liverpul" pleymeyker izlashi shart bo'lmaydi. Frimpong esa TAAning yo'qligini bildirmaslikka harakat qiladi. Va bu hali hammasi emas.


"Liverpul" ham forvard transferini tayyorlamoqda

"Liverpul"ga ham hujumchi kerak. O'tgan mavsum boshqa futbolchilar hisobiga muammoni nisbatan yopishning imkoni bo'ldi. 2022 yil "Benfika"dan aynan shu maqsadda Darvin Nunes sotib olingandi – ammo katta pulga xarid qilingan urugvaylik vaziyatlardan foydalanish darajasi haqida ortiqcha gapga hojat yo'q. Diogu Jota bu poziciyani ancha sifatli tarzda yopa olayotgandi, ammo yaqinda yuz bergan voqea portugaliyalikning oilasini boquvchisiz, mersisaydliklarni esa – o'yinchisisiz qoldirdi.

Darvin Nunesning keyingi manzili "Napoli" bo'lishi mumkin, shunday ekan inglizlar hujumchi olishi juda zarur. Qo'shimchasiga, raqobatchilar buning uchun katta mablag' sarflashga tayyor turganida. Jamoa ideal variant topdi – Aleksander Isak. "Nyukasl"ning shveciyalik hujumchisi APL yulduzlaridan biri hisoblanadi. Universal futbolchi "Nyukasl" yana ECHLga qaytishida muhim rol o'ynadi. Katta ko'lamdagi ishni bajara oladigan Aleksander to'psiz ham foydali bo'la oladi. Slotga bunday futbolchi maqul kelishi turgan gap.

Shveciyalikning sotib olinishi "Liverpul" tarkibini kuchaytiribgina qolmay, "Arsenal" "tomorqasiga otilgan tosh" ham bo'lib xizmat qiladi. "Kanonirlar" qishda Isakni sotib olishni juda istashdi, lekin "Nyukasl"ni ko'ndirib bo'lmadi. Keyinroq o'rnatilgan astronomik narx esa londonliklarni ikkilantirib qo'ydi. Hozir esa "Liverpul" ishga kirishdi va uzoq cho'zib o'tirmay kelishuvni rasmiylashtirsa... Chiroyli tarix yaratilgan bo'lardi.

Ammo "Nyukasl"ning bu masaladagi poziciyasi deyarli o'zgarmagan. "Qizillar" shveciyalik uchun 100 mln funt va bonuslar taklif qilishga tayyor edi, natijada, umumiy xarajatlar Virc transferinikidan ham oshardi. Aleksanderning transferida Nunesning sotuvidan tushgan pullar ham yo'naltirilishi rejalashtirilgan. "Nyukasl" hozir ham hujumchisi uchun 150 mln funt so'ramoqda.


Isak "Nyukasl"dan ketishi haqiqatga yaqin

Bu voqea shunchaki amalga oshmagan tarix sifatida qolib ketishi mumkin edi. Biroq vaziyat aslida jiddiyroqligiga bir ishora bor – "Nyukasl" jiddiy tarzda Isakka o'rinbosar izlashmoqda va bitta variant ham topib qo'yishgan. Klub Ugo Ekitikeni ko'z ostiga olib qo'ydi. Ugo PSJdagi omadsizlikdan keyin "Ayntraxt"da faoliyatini qayta tiklashni uddaladi. Frankfurt klubi franciyalik orqali 80 mln evro ishlab oladi. "Nyukasl" bu kabi katta mablag'ni shunchaki sarflayaptimi? Demak, jamoaga hujumchi hozir, shu erda kerak va narx borasida ortiqcha savdolashishni istashmayapti. Yana bir muhim jihat, rotaciya o'yinchisi uchun bunday summa sarflanmasa kerak.

Endi umumiy kartinani ko'z oldingizga keltiring. Isak – top-klubga aylanmoqchi bo'lgan "Nyukasl"ning loyihasi etakchisi. Shayxlar futbolchini qo'yib yuborishni istashmagandi, bu borada hattoki "Arsenal"ning qiziqish va urinishlari ham vaziyatni o'zgartira olmadi. Yozda "to'potarlar" boshqa yo'l topishdi va ikkita boshqa yirik xaridni amalga oshirishdi. Shu joyda poygaga "Liverpul" qo'shildi 100+ mln funtga yarim himoyachi xarid qildi va yana bitta shunday transferni tayyorlamoqda. Slot jamoasi ishga shunchalik jiddiy kirishganki, "Nyukasl" bunga qarshilik qila olmayapti. Titanlar to'qnashuvini yodga solib yubormoqda.

Angliyada mavsumlar oralig'i ancha qiziq o'tmoqda. Bunda nafaqat "Arsenal" va "Liverpul" poygasi, balki sovrin uchun yana bir nomzod "Man Siti" undan uzoqroq turishga qaror qilgani etiborga loyiq. "Shaharliklar" Virc yoki Isak uchun kurashda qatnashishni istamadi. Gvardiola va tizim yo'lga qo'yilgan loyiha – "Siti"ni shu holatda ham xavfli raqibga aylantiradi. Agarda "Arsenal" va "Liverpul" o'zaro poyga bilan bo'lib, xatoga yo'l qo'ysa, "Manchester Siti" bundan foydalanib ketadi.

Xorijiy saytlar asosida Omonjon To'xtamirzaev tayyorladi

Reyting: +5   

Fikrlar

   
18 iyu 01:58:18
Dilshod Bozorboyev
150 million juda qimmat, bu pulga birorta hujumchi arzimaydi
   
17 iyu 22:36:42
barselona7
Azamatjon Gulomov foydalanuvchining fikriga javob berish
Isak lautarodan kam emas
Балки аммо Лаутаро ҳам Исаакдан кам эмас. Лекин Исаак 150 миллион ҳам эмас.
   
17 iyu 22:09:03
Azamatjon Gulomov
barselona7 foydalanuvchining fikriga javob berish
Ҳаммаси яхшику аммо Исак 150 миллионлик ҳужумчи эмас. Ундан кўра арзонроққа Интерни кўндирса бўлади Лаутарони олиш керак.
Isak lautarodan kam emas
   
17 iyu 19:51:32
barselona7
Ҳаммаси яхшику аммо Исак 150 миллионлик ҳужумчи эмас. Ундан кўра арзонроққа Интерни кўндирса бўлади Лаутарони олиш керак.
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика