So’nggi yangiliklar

12:49Расман: Суннатуллоҳ Ҳамиджонов "Андижон"га қайтди  0 12:30Еврокубокда ақлдан оздирадиган камбэк! Финляндия клуби "Барселона" ва "Реал"нинг қаҳрамонлигини такрорлади  4 12:05Ўзбекистон U-17 терма жамоаси Москвага жўнаб кетди  2 11:34"Барселона" икки футболчи билан шартномани бекор қилмоқчи  1 10:54Луис Диаснинг "Барселона"га ўтишига Исаак ёки Экитике сабабчи бўлиши мумкин  2 10:15Лёв ёки Билич келишига Кападзе нима дейди?  64 09:56Серхио Рамосдан "Реал"ни тарк этган Лукаc Васкесга самимий мактуб: "Сени соғинамиз, Пико"  0 09:29Тимур Кападзе: "Қуръа яхши ўтди, ҳаммасини вақт кўрсатади"  6 08:55"Бухоро" иккинчи даврада рақибларини Қаршида қабул қилади  12 08:30"Ўзбекистонда қолсам, "Бунёдкор"дан бошқа жамоага ўтмасдим" — Луис Качорри билан интервью  3 08:00Луис Энрике ПСЖда ортиқча футболчиларни захирага юборди — Асенсио, Солер ва Шкриньяр клуб изламоқда  0 07:28Кристиан Новак: "Мухлислар стадионда тасаввур қилиб бўлмайдиган даражадаги атмосферани яратишади ва биринчи ўйинимни сабрсизлик билан кутяпман"  2 01:45"Сабаҳ" ва Умарали Раҳмоналиев Европа лигаси саралашида муваффақиятсизликка учради  3 01:22"Галатасарой" Осимхенни сотиб олишга яқин турибди  2 00:54Кристиан Вьери: "Челси" АПЛ ғолиби бўлади"  6

Kristian Novak: "Muxlislar stadionda tasavvur qilib bo'lmaydigan darajadagi atmosferani yaratishadi va birinchi o'yinimni sabrsizlik bilan kutyapman" Yangiliklar

Kristian Novak: "Muxlislar stadionda tasavvur qilib bo'lmaydigan darajadagi atmosferani yaratishadi va birinchi o'yinimni sabrsizlik bilan kutyapman"

"Andijon" yozgi selekciya jarayonida tarkibini bir qator futbolchilar bilan to'ldiryotganidan xabaringiz bor.

Yaqinda "burgutlar" azosiga aylangan polshalik himoyachi Kristian Novak ayni paytda jamoa bilan Tojikistondagi yig'inda ishtirok etyapti.

Kuni kecha "Andijon"ning yangi legioneri klub matbuot xizmatiga ilk intervyusini berdi.

— Kristian, "Andijon" klubiga xush kelibsiz! Bu taklif siz uchun qachon sodir bo'ldi va sizga rozi bo'lishga asosiy sabab nima edi?

— Qozog'istonning "Jenis" klubi bilan shartnomani bekor qildim va "Andijon"dan taklif oldim. Ular menga taqdim qilgan loyiha, jamoaning qanday ishlashi, Osiyo Chempionlar Ligasida ishtirok etishi, muxlislar — bularning barchasi mening shartnoma imzolashimga asosiy turtki bo'ldi. Murabbiy ham muhim jihat edi. Chunki uni "Paxtakor"da bosh murabbiylik qilganini bilardim. Mening do'stim Banashak ushbu klubda o'ynagan va shu jihatdan men Maksim Shackixni tanirdim. Bu esa mening qarorimga tasir qildi.

— Jamoa bilan birinchi mashg'ulotingizni o'tkazganingizda muxlislar sizni nihoyatda iliq qarshi olishdi. Dastlabki kundan bunday muhitni kutgandingizmi?

— Men o'yinlarni tomosha qildim. Muxlislar tasavvur qilib bo'lmas darajadagi atmosfera yaratgan. Futbolchilarni ajoyib qo'llab-quvvatlashadi. Meni ham zo'r kutib olishdi. Ikkinchi davra boshlanishidan oldin bu biz uchun katta ruhiy quvvat bo'lyapti.

— Ikkinchi davra "Andijon" uchun juda muhim. Jamoa chempionatdagi o'rnini yaxshilashi va Osiyo Chempionlar Ligasida debyutini o'tkazishi lozim. Bu haqda nima deya olasiz?

— Ikkinchi davra oldidan tayyorgarlik mashg'ulotlarini o'tkazyapmiz. Mavsumning ikkinchi qismiga yaxshi formada kirib borishga harakat qilamiz. Murabbiylar barchasini rejalashtirib chiqqan. Qo'limizdan kelganicha qattiq mehnat qilib, mavsumning qolgan qismidan eng yaxshi natijalarni olishga harakat qilamiz. Ushbu ijobiy natijalarimiz ikkinchi davraning ilk o'yinidan boshlanishidan umidvormiz. OCHLdagi debyut uchrashuvimiz ham juda muhim. Buni hamma anglab turibdi. Barchaning xohishi kuchli va ular shu yo'lda jonini berib mashg'ulot o'tkazayotganini ko'rish mumkin. Jamoaning har bir azosi bunga tayyor bo'lishi uchun qattiq shug'ullanyapti.

— Qaysi raqamni tanladingiz?

— 27-raqamni kiyaman. Bu menga juda yoqadi. Kelganimda ushbu raqam bo'sh ekan. So'nggi paytlarda odatda 15-raqamda to'p surardim. Lekin bu jamoada u band ekan, boshqa futbolchi o'ynayapti. Shu bois 27ni tanladim.

— Siz ilgari Evropada turli chempionatlarda o'ynagansiz. Osiyoga esa birinchi bor kelyapsiz. Bu sizning faoliyatingizda yangi sahifami?

— Qozog'istonda o'ynadim va bu Osiyoga yaqin. Bundan tashqari, Evropaning yana bir nechta davlatlarida ham o'ynaganman. Turli davlat va ligalarga moslashishda menda muammo yo'q, deb hisoblayman. Har bir mamlakat — yangi joy, yangi chaqiriq va yangi vazifa. Bularning barchasiga men doim optimistik kayfiyatda yondashaman. Hammasi yaxshi bo'lishiga ishonaman.

— Siz bungacha O'zbekiston futboli va "Andijon" haqida nima bilardingiz?

— Mening do'stim Pshemislav Banashak "Paxtakor"da o'ynaganida menga liga haqida gapirib bergan. "Andijon"ning bir nechta o'yinlarini tomosha qilganman. Bu juda muhimki, jamoa tabiiy maydonda o'ynayapti. Stadion katta. Barchasi menga professional futbol atmosferasidek tuyulyapti. Andijonda muxlislar jamoani juda qattiq va kuchli qo'llab-quvvatlashadi. Buni har bir uchrashuvda namoyon etishadi. Bu har bir insonga motivaciya beradi. Oldimizda turgan birinchi o'yinimni sabrsizlik bilan kutyapman.

Reyting: +1   

Fikrlar

   
18 iyu 08:24:02
Рахматилло Исманов
Эътиборлиси Андижонга кай бир футболчи келса биринчи уринда Ултирас Бургутларни мактайди! Хакикатдан хам Андижон мухлислари планкани кутариб юборишди!
   
18 iyu 07:55:38
Санжар
Сабрсизлик билан кутади. Хаа бир нарсани боплаворса кере диб уйлисан лекин боплолме колади куп легионерла
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика