Yuventus yarim himoyachisi Sassuolo futbolchisiga tupurdi VIDEO
Narzulla Saydullayev
16 sen 2018, 23:17
Yuventus klubi a'zosi Duglas Kosta Italiya A seriyasi 4-turidan o'rin olgan Sassuologa qarshi o'yinda (2:1) qizil kartochka oldi.
Hakam tomonidan qo'shib berilgan daqiqalarda u Sassuolo futbolchisi Federiko Di Francheskoning yuziga tupurdi. Bosh hakam Daniele Kiffi VAR tizimidan foydalanib, braziliyalik futbolchiga qizil kartochka ko'rsatdi.