"Yuventus" "Udineze" o'yinchisi bilan shartnoma imzolamoqchi

Alisher
4 avg 2020, 15:40
Turinliklar yangi mavsum uchun tarkibni kuchaytirmoqchi.

"Yuventus" "Udineze" yarim himoyachisi Rodrigo De Paulning xizmatlariga qiziqish bildirmoqda.

Ehtimoliy transfer 35-40 million evroga baholanmoqda. Qayd etish kerakki, De Paulning "Yuve"ga o'tishida vatandoshi Paulo Dibala ham katta yordam berishi mumkin.

Eslatib o'tamiz, futbolchiga shuningdek Milanning "Inter" klubi ham qiziqmoqda.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Corriere Torino