"Yuventus" MYU ko'zlagan futbolchini ilib ketishi mumkin

Mirjalol Normatov
16 iyun 2018, 20:32
"Bavariya" himoyachisi Jerom Boateng "Yuventus" qiziqishlari doirasiga tushib qoldi.

"Football Italia" xabariga ko'ra, turinliklar yaqin orada muzokaralarni boshlash niyatida. Futbolchining transfer narxi 30 mln evro deb aytilmoqda. Boatengning "Bavariya" bilan shartnomasi 2021 yilning yozigacha mo'ljallangandi.

Oldinroq uning xizmatlariga "Manchester Yunayted" tomonidan qiziqishlar bo'layotgani borasida ma'lumotlar tarqagandi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Football Italia