"Yuventus" Federiko Kezaning transferi borasida kelishuvga erishdi. O'yinchi bugun tibbiy ko'rikdan o'tadi
05 okt 2020 12:28
Yangiliklar


"Yuventus" Federiko Kezaning transferi borasida kelishuvga erishdi. O'yinchi bugun tibbiy ko'rikdan o'tadi
"Fiorentina" hujumchisi Federiko Keza faoliyatini "Yuventus"da davom ettiradi.
Turin klubi 22 yoshli futbolchini keyinchalik sotib olish sharti bilan 2 yilga ijaraga oladi. "Keksa sinora" o'yinchining birinchi yilgi ijarasi uchun 2 mln evro, ikkinchi yil uchun 8 million evro to'laydi.
Ehtimoliy xarid qilish narxi esa 40+10 million evroni tashkil etadi. Keza bugun, yani Italiyada transferlar oynasi yakunlanadigan kunda tibbiy ko'rikdan o'tadi.
SHu bilan birga "Yuventus" quyidagi vazifalar bajarilgan taqdirda u bilan to'laqonli shartnoma imzolashi shart: jamoa Italiya chempionatini top-4da yakunlashi; Keza 60% o'yinlarda harakat qilishi (ularda 30 daqiqadan kam o'ynamasligi kerak); 10ta gol va 10ta assist.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar