So’nggi yangiliklar

10:15"Реал"нинг икки нафар футболчи фаолиятини Саудия Арабистонида давом эттириши мумкин   0 09:47Футзал. Бугун 5-тур баҳсларига старт берилади  0 08:55Португалия ЖЧ йўлланмасини қўлга киритганидан сўнг Роналду қисқа фикр билдирди  25 08:28Англия терма жамоаси 71 йиллик рекордни такрорлади  4 08:00"Йўқ, йўқ. Биз Криштиану билан кучлироқмиз" Португалия терма жамоаси бош мураббийи Роналдусиз терма жамоанинг ўйини ҳақида  15 07:27ЖЧ-2026 саралаши. Африка қитъасида финал учрашувида сенсация қайд этилди  2 02:57ЖЧ саралаши. Италия ўз уйида Норвегияга мағлуб бўлиб, ЖЧга йўл олиш масаласини кейинга қолдирди, Исроил Молдовани йирик ҳисобда таслим этди  10 00:58ЖЧ саралаши. Украина, Франция, Англия ва Сербия ғалабага эришди  4 00:10U-17 ЖЧ. Нимчорак финалга чиққан Ўзбекистоннинг бугунги машғулотларидан суратлар  2 23:33Роберт Левандовски фаолиятини Италияда давом эттириши мумкин  3 22:32"Реал" Бундеслигада янги чап қанот ҳимоячиси топди  1 21:38"Милан" форварди АПЛга кўчиб ўтиши мумкин  0 21:02ЖЧ саралаши. Португалия Роналдусиз рақиб дарвозасига 9 та тўп киритиб, мундиалга чиқди  150 20:38Гюлер Ҳусановнинг жамоадошига айланиши мумкин  10 19:50Холанд: "Мен терма жамоада бўлганимда Норвегия ҳеч қачон саралашдан ўтмаган"  15

FIFA kunlari boshlandi. Milliy jamoa Kuvayt va Urugvayga qarshi. Qolgan yosh toifasidagi terma jamoalarimiz kimlar bilan o'ynaydi? Yangiliklar

FIFA kunlari boshlandi. Milliy jamoa Kuvayt va Urugvayga qarshi. Qolgan yosh toifasidagi terma jamoalarimiz kimlar bilan o'ynaydi?

FIFA kunlari start oldi. Tabiiyki, bunday pallada asosiy etibor terma jamoalarga qaratiladi. Superliga klublari ikkinchi planga tushadi.

Oldindagi 10 kunlikda milliy terma jamoa bilan birgalikda yana bir qator yosh toifasidagi terma jamoalarimiz o'quv-yig'in mashg'ulotlariga kirishadi. Ular rasmiy o'yinlar oldidan o'rtoqlik uchrashuvlarida maydonga tushishadi. 

O'zbekiston milliy terma jamoasi - Fabio Kannavaro

Fabio Kannavaro boshchiligidagi O'zbekiston milliy terma jamoasi 6 oktyabr sanasidan boshlab yig'inni boshladi. "Oq bo'rilar" 9 oktyabr kuni Toshkentda Kuvayt bilan o'rtoqlik uchrashuvida maydonga tushadi. Shundan so'ng Malayziyaga yo'l olishadi. U erda vakillarimiz Urugvay bilan kuch sinashishadi. Yig'inga quyidagi futbolchilarni chaqirilgan.

Darvozabonlar: Abduvohid Nematov ("Nasaf"), Botirali Ergashev ("Neftchi"), Vladimir Nazarov ("Paxtakor")

Himoyachilar: Rustam Ashurmatov ("Istiqlol", Eron), Sherzod Nasrullaev ("Nasaf"), Farruh Sayfiev ("Neftchi"), Muhammadqodir Hamraliev ("Paxtakor"), Hojiakbar Alijonov ("Paxtakor"), Alibek Davronov ("Nasaf"), Jahongir O'rozov ("Dinamo"), Muhammadrasul Abdumajidov ("Paxtakor"), Dilshod Saitov ("Paxtakor")

Yarim himoyachilar: Akmal Mozgovoy ("Baniyas", BAA), Abdurauf Bo'riev ("Paxtakor"), Odiljon Hamrobekov ("Traktor", Eron), Azizjon G'aniev ("Al Bataeh", BAA), Umarali Rahmonaliev ("Sabah", Ozarbayjon), Hojimat Erkinov ("Paxtakor"), Otabek Shukurov ("Baniyas", BAA), Jamshid Iskanderov ("Neftchi"), Oston O'runov ("Persepolis", Eron), Abbosbek Fayzullaev ("Istanbul Bashakshexir", Turkiya), Nodir Abdurazzoqov (OKMK), Anvar Hojimirzaev ("Dinamo")

Hujumchilar: Rustam Turdimurodov ("Surxon"), Eldor Shomurodov ("Istanbul Bashakshexir", Turkiya), Igor Sergeev ("Paxtakor")

O'yinlar vaqti:

O'zbekiston - Kuvayt 19:00

"Olimpiya" stadioni

Urugvay - O'zbekiston 17:45

"Hang Jebat" stadioni


O'zbekiston U-20 - Ravshan Haydarov

Ravshan Haydarov boshchiligidagi O'zbekiston U-20 terma jamoasi mazkur yig'in doirasida Qozog'iston bilan to'qnash kelishadi. O'rtoqlik maqomida o'tadigan o'yinga OTJ negizini tashkil qiladigan yoshlarimiz 6 oktyabr sanasidan milliy futbol markazida mashg'ulotlarni boshlaydi. Ravshan Haydarov Qozog'iston bilan o'yinga quyidagi futbolchilarni jalb qilgan. Qo'shnilarimizga qarshi bahslar 12 va 14 oktyabr kunlari Toshkentda bo'lib o'tadi. 

Darvozabonlar: Samandar Muratbaev ("Olimpik-Mobiuz"), Maksim Murkaev ("Surxon"), Umar Rustamov ("Bunyodkor").

Himoyachilar: Dilshod Abdullaev ("Paxtakor"), Dilshod Murtazoev, G'iyosjon Rizaqulov, Saidxon Hamidov, Meyirbek Rejabaliev, Ozodbek Ergashev, Ro'ziboy Fayzullaev ("Olimpik-Mobiuz"), Narimonjon Ahmadjonov ("Bunyodkor"), Diyorek Abdunazarov ("Nasaf").

Yarim himoyachilar: Rustambek Fomin, Muhammedali Reimov ("Olimpik-Mobiuz"), Javohir Ubaydullaev, Sardorbek Bahromov ("Nasaf"), Oybek O'rmonjonov, Firdavs Abdurahmonov ("Dinamo"), Shohjahon Yorqinboev ("Andijon"), Muhammadali O'rinboev ("Antverpen", Belgiya), Asilbek Jumaev ("Surxon"), Ravshan Hayrullaev ("Buxoro").

Hujumchilar: Nurlan Ibraimov ("Olimpik-Mobiuz"), Abdug'afur Haydarov ("Qo'qon-1912"), Saidumarxon Saidnurullaev ("Andijon").

O'zbekiston U-18 - Jamoliddin Rahmatullaev

Xabaringiz bor, O'zbekiston va Ozarbayjon U-20 Jahon chempionatiga birga mezbonlik qilishadi. Mazkur kichik mundialda 2007 va undan kichik 2008, 2009 yilda tug'ilgan futbolchilarimiz ishtirok etishadi. 2007 yani hozirgi U-18 terma jamoamizga Jamoliddin Rahmatullaev ustozlik qilmoqda. Bu yoshdagi terma jamoamiz 5 oktyabr kuni milliy futbol markazida jamlanishdi. Ular 9 va 12 oktyabr kunlari ozarbayjonlik tengqurlarini qabul qilishadi. 

Bosh murabbiy tomonidan yig'inga quyidagi futbolchilar jalb etildi:

Darvozabonlar: Bogdan Odinaev (“Bunyodkor”), Alishan Abdutolipov (“Olimpik Mobiuz”), Akbar Masharipov (“Xorazm”), Sirotillo Yusufxonov (“Navbahor”).

Himoyachilar: Shoraxim Shoraxmedov (“Bunyodkor”), Muhammadali Dilshodbekov (“Paxtakor”), Behruz Erkinov (“Surxon”), Ozod Odiljonov (Andijon FA), Ozod Najmiddinov (“Nasaf”), Abdulvosid Soliyoev (OKMK), Saddam Ahmadov (“Olimpik”), Behruz Karimov (“Surxon”).

Yarim himoyachilar: Azizbek To'lqinbekov (“Bunyodkor”), Diyor Tojiev (“Olimpik”), Abdulfayz Bobomurodov (“Bunyodkor”), Fazliddin Omondiev (“So'g'diyona”), Quvonchbek Saidaliev (“Paxtakor”), Jasur Jumaboev (“Lokomotiv”), Ulug'bek Maratov (“Olimpik Mobiuz”), Shohjaxon Abdumannopov (“Sho'rtan”).

Hujumchilar: Davron To'laganov (“Paxtakor”), Diyor Tojiboev (“Olimpik Mobiuz”), Quvonch Abraev (“Lokomotiv”), Sirojiddin Jumadullaev (“Lokomotiv”).


O'zbekiston U-17 - Islom Ismoilov

Qatarda bo'lib o'tadigan U-17 Jahon chempionatida ishtirok etadigan o'smirlarimiz tayyorgarlikka katta urg'u qaratishgan. Islom Ismoilov shogirdlari 6 oktyabrdan boshlab navbatdagi o'quv-yig'in mashg'ulotlarini boshlaydi. Hamyurtlarimiz mazkur yig'in davomida Turkiya U-17 terma jamoasiga qarshi maydonga chiqadi. 

Darvozabonlar: Bahodir Izbaskanov (“Bunyodkor”), Ibrohim Shokirov (“Paxtakor”), Nematulloh Rustamjonov (“Axmedov” FK).

Himoyachilar: Mo'minxon Bahodirxonov (“Axmedov” FK), Amirxon Murodov (“Paxtakor”), Muhammad Hakimov (“Paxtakor”), Hojiakbar Yusufboev (“Olimpik”), Behruz Saidmurodov (“Paxtakor”), Miraziz Abdukrimov (“Paxtakor”), Abdumalik Anvarov (“Paxtakor”), Muhammadali Musaxanov (“Axmedov” FK).

Yarim himoyachilar:Azizbek Erimbetov (“Neftchi”), Qahramon Turg‘unov (Namangan FA), Xayrullo Ergashev (“Rot-Weiss Frankfurt”), Abdusamad Saidov (“Paxtakor”), Muhammad Habibullaev (“Lokomotiv”), Abubakir Shukurullaev (“Paxtakor”), Sadriddin Hasanov (“Bunyodkor”), Sayfiddin Sodiqov (“Axmedov” FK), Jamshidbek Rustamov (“Paxtakor”).

Hujumchilar: Nurbek Sarsenbaev (“Neftchi”), Azizbek Abdumo'minov (“Mashal”), Asilbek Aliev (“Axmedov” FK).

11, 14-oktyabr

17:00 | "Jar" stadioni

O'zbekiston — Turkiya

15-oktyabrdan boshlab yig'ining ikkinchi qismi Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay shahrida davom etadi.

O'zbekiston U-16 - Sergey Chigodaev

U-17 Osiyo Kubogiga hozirlik ko'rayotgan O'zbekiston U-16 terma jamoasi 2 oktyabr sanasidan boshlab mashg'ulotlarni boshlab yuborishgan. Sergey Chigodaev boshchiligidagi o'smirlarimizni bu yig'in doirasida Saudiya Arabiston va Yaponiya U-16 terma jamoalari bilan qarama-qarshilik kutib turibdi.

Darvozabonlar: Olim Shomurodov (“Paxtakor”), Denis Juravlev (“Paxtakor”), Platon Dolskiy (“Lokomotiv”).

Himoyachilar: Mashhurbek Abdisoliev (“Nasaf”), Adis Abdunabiev (“Oqtepa”), Abubakir Rahimov (“Ahmedov” FK), Sunnat Ibragimov (“Paxtakor”), Mirjamol Anvarov (“Ahmedov” FK), Azizbek Qarshiev (Navoiy FA), Jahongirmirzo O'ktamboev (“Bunyodkor“), Elsevar Olimov (“Zamin”), Sarvar Rahimov (“Nasaf”).

Yarim himoyachilar: Farruh Hayitmurodov (“Paxtakor”), Muhammadali O'roqov (“Do'stlik”), Amirxon Erkinov (“Ahmedov” FK), Muhammadjon Mamatov (“Paxtakor”), Islom Ravshanov (“Paxtakor”), Odilxon Orifxonov (“Ahmedov” FK), Mirkomil Murodov (“Bunyodkor”).

Hujumchilar: Suhrob Sadirjonov (“Paxtakor”), Ahrorbek Ravshanbekov (Andijon FA), Laziz Abduraimov (“Zamin”), Muhammadjon Mansurov (“Chig'atoy”), Bilol Qurbonov (“Paxtakor”), Rustam Aliev (“Surxon”),


O'rtoqlik turniridan o'rin olgan uchrashuvlar. Bu o'yinlar Qibraydagi stadionda o'tkazilishi rejalashtirilgan. 

8-oktyabr

O'zbekiston — Saudiya Arabistoni

11-oktyabr

Yaponiya — O'zbekiston

14-oktyabr

Yaponiya — Saudiya Arabistoni


O'zbekiston U-15 - Ayder Kurbaev

Ozarbayjon shahrida futbol bo'yicha MDH kubogi uchrashuvlari bo'lib o'tdi. Unda Ayder Kurbaev ustozligidagi O'zbekiston U-15 terma jamoasi ham ishtirok etdi. "B" guruhidan o'rin olgan O'zbekiston Belarus (1:2) va Rossiyaga (1:2) engildi, 5-o'rin uchun kechgan bellashuvda Qirg'izistonni taslim qildi (2:0). 


O'zbekiston U-14 - Miraziz Mirzaahmedov

Bu yil yangidan tashkil qilingan 2011 yilda tug'ilgan futbolchilarni o'z ichiga oladigan O'zbekiston U-14 terma jamoasi Qozog'iston bilan o'z imkoniyatlarini sinovdan o'tkazib oladi. Miraziz Mirzaahmedov boshqaradigan bu yosh terma jamoamiz Qozog'iston bilan o'rtoqlik o'yini o'tkazadi. Bu uchrashuvlar 10 va 13 oktyabr kunlari 


Reyting: +1   

Fikrlar

+6   
07 okt 11:13:11
Фахриддин Рахманов
Ҳаммаларига омад тилаймиз.
+4   
07 okt 11:05:46
Фарход
Хамма тоифадаги МТЖ-даги футболистларга омад тилайман.
+3   
07 okt 11:02:55
Otabek Sidikov
Барча ок буриларга омад тилаймиз!
   
07 okt 13:36:20
assassin
Жалол йукмикан?
   
07 okt 13:06:43
Azim Ismailov
Барча еш Футболчиларга имконият
-1   
07 okt 11:30:58
Адхамжон Низамов
МТЖ дан Рахмоналиев, U16дан тренер Чигодаев аут.
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика