O'zbekiston MTJ sobiq futbolchisi Kannavaroning tayinlanishi haqida: "Assocaciya qanday mezonlarga tayanganini bilmayman"
07 okt 09:56
Yangiliklar


O'zbekiston MTJ sobiq futbolchisi Kannavaroning tayinlanishi haqida: "Assocaciya qanday mezonlarga tayanganini bilmayman"
"Ochig'i, Kannavaro biz uchun sirli murabbiy. Uning murabbiylik tarixini o'rganar ekanmiz, u ko'p yutuqlarga erishmaganini tushunamiz. Gap nafaqat unvonlar, balki futbolning o'zi haqida ham. Aslida olganda, uni ko'pchilik buyuk futbolchi sifatida eslaydi. Federaciya qaror qabul qilayotganda qanday mezonlarga asoslanib qaror qilganini bilmayman. Qolaversa, biz ko'proq hujumkor futbolga etibor qaratganmiz. Menimcha, Kannavaro bizga nimadir bera oladi deb o'ylamayman.
Boshqa tomondan, biz ham Srechko Katanecning tayinlanishiga shubha bilan qaragandik, ammo yakunda hammasi joyida bo'ldi. Jahon chempionatida bizga qanday vazifa qo'yilgani hali malum qilinmadi. Ammo guruhdan chiqish jamoa uchun omadli bo'lardi. Pley-off bosqichini maqsad qilmasdan turib turnirga borishdan mano yo'q", - deb fikr bildirdi Jafar Irismetov.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar
Спартак - Бавария уйнида дарвозабон бн иккита яккама якка чикишида гол уролмаган "камиёб" футболчиларимиздан бири. Федерация Ирисметовни хам кайсидир мезонларига асосланиб мутассади этиб тайинлаган эди бир пайтлар Каннаварониям ушанг асосланиб тайинлагандир.
Каннаваро иш бошласин курайлик хали иш бошламай туриб аюханнос солмасдан. Тугилмаган бузокка козик кокмасдан!