"Yuventus" Dibala borasidagi uch taklifga rad javobini berdi

Mirjalol Normatov
8 yanv 2019, 17:11
"Yuventus" o'z forvardi Paulo Dibala borasida tushgan uch taklifga rad javobini berdi.

"Tuttosport" xabariga ko'ra, argentinalik futbolchi PSJ, "Bavariya" va "Manchester Siti"ga o'tishni istamagan. 25 yoshli futbolchi 100 million evroga baholanmoqda.

Bu mavsumda Dibala Italich chempionatining 17 uchrashuvida qatnashib, 2 gol urdi va shuncha bora gollarga assistentlik qildi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Tuttosport