So’nggi yangiliklar

01:05Париж-2024. Ўзбекистон - Миср 0:1, Ҳимоядаги хато қимматга тушди  3 00:53"Атлетико" ва Испания терма жамоаси собиқ футболчиси фаолиятини якунлади  0 00:15РПЛ. Эсанов ҳаракат қилаётган "Акрон" меҳмонда "Факел"ни ишончли ҳисобда мағлуб этди  13 23:35Тимур Кападзе: "Иккала ўйинда ҳам ютишимиз мумкин эди"  86 23:01Расман: "Атлетико" Испания терма жамоаси футболчиси билан шартнома имзолади  1 22:29"Навбаҳор" назорат учрашувида йирик ҳисобда ғалаба қозонди. Қувватовдан норасмий дебют, Никабадзедан хет-трик  9 21:31"Манчестер Юнайтед" форварди ПСЖга ўтиши мумкин  4 21:05Париж-2024. Ўзбекистон иккинчи турда Мисрга ютқазди ва гуруҳдан чиқиш имкониятини йўқотди  846 20:53Париж-2024. Испания терма жамоаси биринчи бўлиб плей-оффга чиқди  7 20:22"Манчестер Юнайтед" испаниялик футболчига қизиқмоқда  1 19:56"Барселона" Уильямс учун кутилганидан 4 млн. евро кўп пул тўлаши керак  2 19:22ФИФА Аргентинанинг эътирозига жавоб берди  4 18:52Ҳусниддин Ғофуров - "Қўқон-1912" футболчиси  3 18:24Биринчи даврада "Бунёдкор"да ўйнаган футболчи Босния ва Герцеговина клубига ўтди  1 18:00Ўзбекистон ўйнайдиган "Божуар" стадиони баҳсга тайёр  7

Yurtimizga katta futbol qaytdi. Kimning imkoniyatlari qanday?! Yangiliklar

Yurtimizga katta futbol qaytdi. Kimning imkoniyatlari qanday?!

Yurtimizga katta futbol qaytmoqda.

Bugun yana o'zimizning Coca Cola Superliga o'yinlaridan bahra olamiz. Kecha saytimizda faqat raqamlar haqida so'z borgan tur prevyusini o'qigandingiz.

Coca Cola Superliga. 4-tur prevyusi (faqat raqamlar)


Endi esa ushbu turdagi o'yinlarga raqamlarsiz, tahlil va taxmin nuqtai nazaridan kelib chiqib to'xtalamiz.

Superliga 4-tur
13.06.2020

19:00. "Bunyodkor" — "Qo'qon-1912" "Sport" TV LIVE

Jarohatlar: Mirjahon Mirahmadov - Muzaffar Muzaffarov
Diskvalifikaciya: Yo'q - Yo'q

Restartning birinchi kunidagi markaziy uchrashuv Toshkentda bo'lib o'tadi. Unda "Bunyodkor" jamoasi "Qo'qon-1912"ni qabul qiladi. Hozircha har ikkala jamoa hisobida ham 6 ochkodan bor. "Qaldirg'ochlar" Vadim Abramov boshchiligida to'p nazoratini o'z oyog'iga olgan holda imkon qadar hujumkor o'yin ko'rsatishga intilishi tayin. Har holda mezbonlardan o'z uyida himoyaviy o'yin kutish noto'g'ri. Jamoada birgina yo'qotish bor, Mirjahon Mirahmadov jiddiy jarohat sabab uzoq muddatga safdan chiqqan. Qolganlar soppa-sog' va ertangi bellashuvga shay. Mirahmadovning o'rnini Bahodir Pardaev, SHahboz Erkinov, Humoyun Murtazoev va Vladislav Nurievlardan biri egallaydi.

Baxtiyor Ashurmatov va Davron Fayziev birgalikda yaxshi jamoa shakllantirishmoqda. "Qo'qon-1912"ning asosiy figuralari Murod Xolmuhammedov hamda Quvondiq Ro'ziev. Suhrob Berdiev ham muhim rol o'ynaydi, ammo birinchi ikkitasi birinchi planda. Ashurmatov shogirdlarining eng katta ustunligi standart vaziyatlar. Tarkibida Xolmuhammedov bo'lgan qo'qonliklar autni ham burchak yoki jarima zarbasidek ijro etishadi.

Jamoaviy o'yin borasida mezbonlar ustunroq, lekin mehmonlarda ham yaxshi ijrochilar bor va bu narsa ularga qarshi hujumlarda qo'l kelishi mumkin. Ikkala jamoaning bu mavsum ko'rsatayotgan o'yinlaridan kelib chiqsak ertaga chiroyli futbol guvohi bo'lamiz.



20:00. "Qizilqum" — AGMK "Mahalla" TV LIVE

Jarohatlar: Yo'q - Yo'q
Diskvalifikaciya: Yo'q - Yo'q

Ikki xil holatdagi jamoalar to'qnashuvi. "Qizilqum" bor yo'g'i 1 ochkoga ega va juda yomon o'yin ko'rsatayotgandi. Ammo, jamoada bosh murabbiy almashdi. Tachmurod Agamurodovning bosh murabbiy etib tayinlanishi futbolchilarga va ularning o'yiniga ijobiy tasir qilishi mumkin. Odatda, ko'p klublarda murabbiy almashinuvi ijobiy aks sado beradi.

AGMK hozircha mag'lub bo'lmagan uch klubdan biri bo'lib turibdi. Mirjalol Qosimov juda yaxshi va tajribali tarkib yig'a olgan. Olmaliqliklarning zaxira o'rindig'i ham uzun va kuchli. Bu borada ular mezbonlardan yaqqol ustun. Qosimov oldida kimni asosiy tarkibda tushirish muammosi bor va bu hamma murabbiylarda ham bor deb bo'lmaydi. Bu esa unda o'yinchilar tanlovi nisbatan ko'proq ekanligidan.

Bu uchrashuvda mehmonlar favorit. Ammo, karantindan keyin kim qanday holatda ekanligini hech kim aniq aytib bera olmaydi. SHu sabab, AGMKning yaqqol ustunligiga to'la ishonch bildirib bo'lmaydi. Ajoyib hujumkor futbolchilarga ega mehmonlar bundan maydonda samara chiqara olishlari zarur.




14 iyun, yakshanba
18:00. "So'g'diyona" — "Paxtakor" "Sport" TV LIVE

Jarohatlar: Yo'q - Yo'q
Diskvalifikaciya: SHavkat Mullajonov - Yo'q

Peshqadam autsayderga qarshi, har holda jamoalarning turnir jadvalidagi holati shunday demoqda. O'tgan mavsumning 2-davrasida ko'pchilikni hayron qoldira olgan jizzaxliklar bu mavsumni juda yomon boshlashdi. Jamoadan ketgan markaziy yarim himoyachilar Maxaradze va Milinkovichning o'rniga munosib o'rinbosarlar olib kelinmadi. Bu esa natijalarga tasir ko'rsatmay qolmayapti.

O'zi shundoq ham boshqalardan tarkib va o'yin tomonlama kuchliroq bo'lib turgan "Paxtakor"da jarohat sabab uzoq muddat safda bo'lmagan futbolchilar ham qaytishdi. Endi "sherlar" oldingidan ham xavfliroq raqibga aylanishdi. Javohir Sidiqov, Akrom Komilov va Sadriddin Abdullaevlarning safga qaytgani SHota Arveladzega yaxshi manoda muammo tug'diradi. Yaqin oradagi bellashuvlarda amaldagi chempionlarda rotaciyalarga tez-tez qo'l urilsa kerak. Har holda, ketma-ket o'yinlar va tarkibning juda kengligi bunga imkon beradi.

Bu uchrashuvda "So'g'diyona"da ijobiy natijaga erishish uchun imkoniyat juda kam. Karantindan keyingi ilk turda "Paxtakor"ning ochko yo'qotishi sensaciya bo'lishi mumkin. Hozir sensaciya ko'rishimiz qiyindek.




20:00. "Nasaf" — "Navbahor" "Sport" TV LIVE

Jarohatlar: Yo'q - Abdujamol Isroilov
Diskvalifikaciya: Yo'q - Yo'q

O'tkazib yuborish umuman tavsiya etilmaydigan to'qnashuv. Bu afisha tomonlama ham, o'yin tomanlama ham 4-turning eng asosiy qarama-qarshiligi. Ro'ziqul Berdiev jamoasi qanday o'yin namoyish etishini ko'pchilik juda yaxshi biladi, shuning o'ziyoq ertaga ajoyib futbol oqshomiga guvoh bo'lishimizga kafolatdek. Qarshiliklar tarkibida yo'qotishlar yo'q, nisbatan yoshroq tarkibga ega "Nasaf"ning jamoaviy o'yini mehmonlarga qaraganda yaxshiroq shakllangan. Marko Stanoevich, SHarof Muhitdinov va Bobir Abduxoliqovlar asosiy o'yinchilarga aylanishdi.

O'tgan mavsum jiddiy jarohat sabab uzoq muddatga safdan chiqqan Abdujamol Isroilovni hisobga olmaganda "Navbahor"da ham yo'qotishlar yo'q. Andrey Kanchelskis asta-sekin Namanganda yaxshi jamoa shakllantirib kelmoqda, shu sabab hozircha jamoaviy o'yin borasida ustunlik mezbonlar tomonda. Lekin, "Navbahor" futbolchilarining "Paxtakor" va "Lokomotiv"ga qarshi bellashuvlardagi ishtiyoqi Qarshida ham zo'r to'qnashuv ko'rishimizdan darak beradi. Zero, mehmonlar kuchli raqiblarga qarshi juda yaxshi tayyorlana olishmoqda.

Bu o'yinda mezbon faktori rol o'ynamaydi. Yodingizda bo'lsa, o'tgan mavsum "Navbahor" Kasyanning goli evaziga Qarshidan g'alaba bilan qaytgan bo'lsa, 2-davrada "Nasaf" Bobir Abdixoliqovning so'nggi daqiqada kiritgan goli evaziga "Navbahor" vakillarini karaxt holatga keltirib qo'ygandi (1:1). Turnir jadvalidagi o'rin va mezbonlik katta rol o'ynamaydigan to'qnashuvni aslo o'tkazib yubormang.




15 iyun, dushanba
18:00. "Surxon" — "Mashal" "Dunyo bo`ylab" TV LIVE

Jarohatlar: Yo'q - Yo'q
Diskvalifikaciya: SHavkat Salomov - Yo'q

O'rtamiyonalar uchrashuvi. Bahrom Haydarov boshchiligidagi "Surxon" yaxshiroq o'yinchilar tanloviga ega, ammo jamoa sardori SHavkat Salomov fiskvalifikaciya sabab o'yinni o'tkazib yuboradi. Bu esa mezbonlar o'yiniga tasir qilmay qolmaydi. SHunga qaramay, bu juftlikda ustunlik termizliklar tomonida.

"Mashal" esa 1-turdagi yorqin natijadan keyin biroz hovuridan tushib qolgandek. Asosan yosh o'yinchilarga tayanayotgan muborakliklar balki Termizda mezbonlarga munosib qarshilik ko'rsatishar, har holda yosh futbolchilar ko'pchilik bo'lgan jamoalan istalgan payt kutilmagan o'yin va natija kutish mumkin. Bunday klublardagi eng katta muammo esa stabillik bo'lmaydi.




18:30. "Buxoro" — "Andijon" "Sport" TV LIVE

Jarohatlar: Yo'q - Yo'q
Diskvalifikaciya: Yo'q - Yo'q

Hali yutmagan jamoalar qarama-qarshiligi. "Buxoro"ning ahvoli shunchaki achinarli. Jamoa 3 o'yinning barchasida 0:3 hisobida imkoniyatni boy bergan, yani hali gol ham urmagan. Kamiga bosh murabbiy Muhsin Muhammadiev yaqindagina Rossiyadan qaytib keldi va hozir karantinda. Demak, dushanba kuni buxoroliklar bosh murabbiysiz maydonga tushib kelishadi. Bu ham etmagandek, legionerlar ham tarkibda emas. M.Muhammadiev 8 may kuni bergan intervyusida "Biz ham barcha futbolchilarimizga javob berdik. Murabbiylar shtabi tatilga chiqdi. Legioner futbolchilarni ushlab turishdan mano yo'q edi, shu sababli ular ham o'z yurtlariga uchib ketishdi", - degandi. Ular hamon O'zbekistonga qaytib kelishmagan. Demak, mezbonlar "Andijon"ga qarshi ham bosh murabbiysiz, ham legionerlarsiz to'p tepishadi.

Aslida, "Andijon"ning ahvoli ham "Buxoro"nikidan yaxshi emasdi. Ammo, karantindan keyin unday emas. Mezbonlardagi muammolarni sanab o'tdik, ularga solishtirganda "Andijon"da hammasi joyida. Jamoaga Viktor Kumikov bosh murabbiy etib tayinlangan. Rossiyalik mutaxassis yangi jamoasidagi ilk o'yinni g'alaba bilan boshlashi uchun bundan yaxshiroq imkoniyat bo'lmasa kerak. Muammolar girdobida qolib ketgan "Buxoro"ni mag'lub eta olmaslik mehmonlarga kutilmagan natija bo'lishi mumkin.




19:00. "Lokomotiv" — "Metallurg" "Mahalla" TV LIVE

Jarohatlar: Yo'q - Yo'q
Diskvalifikaciya: Yo'q - Yo'q

Munosib raqiblar qarama-qarshiligi. "Lokomotiv"ning tarkibi oldingi mavsumlarga qaraganda kuchsizlandi, "Metallurg" esa bir necha yosh va iqtidorli o'yinchilarni olib keldi. SHu sabab tarkib jihatidan jamoalar orasida farq katta emas. Andrey Fyodorov shogirdlari uyda to'p tepayotganlari ularga biroz ustunlik beradi. O'rtoqlik o'yinlarida murabbiy turli xil variantlarni sinab ko'rdi, Abduxoliqov - Bikmaev - Pogrebnyak uchligi mezbonlar hujumida javlon urishmoqda. "Temiryo'lchilar" uchun ijobiy jihat himoyachi SHuhrat Muhammadievning yana safga qaytgani bo'ldi.

"Metallurg"da ham yaxshi tarkib yig'ilgan. To'g'ri "nastroy" qilsa uncha-muncha jamoaga muammo tug'dira oladigan klub. "Lokomotiv" stadionida ham tengma-teng bahs guvohi bo'lsak kerak.



Karantindan keyin kim qanday holatda ekanligini bilmaymiz va restartdan keyin kamida ikkita turda istalgan natijalar qayd etilishi mumkin. Qaysi jamoaning futbolchilari tanaffusda jismoniy holatini yaxshi ushlab tura olgan bo'lsa, o'sha klublarda imkon yuqoriroq bo'ladi. Lekin, barcha uchrashuvlarda ham zo'r o'yin kuta olmaymiz. CHunki, jamoalar ritmga tushib olishlari uchun vaqt va bir nechta o'yin kerak bo'ladi. Eng muhimi esa futbolimiz qaytdi.


O'zbekiston chempionati turnir jadvali >>>>> Superliga

Muallif : Tolibjon Qosimov
Reyting: +32   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика