Jeymi Karrager: "Virtcni "Liverpul" asosiy tarkibidan chiqarish kerak"
01 okt 2025 12:38
Yangiliklar
Jeymi Karrager: "Virtcni "Liverpul" asosiy tarkibidan chiqarish kerak"
Arne Slot murabbiyligidagi jamoa Chempionlar ligasining guruh bosqichida "Galatasaroy"ga (0:1) yutqazdi. Mersisaydliklar yarim himoyachisi Florian Virtc bu mavsumda to'qqizta o'yinda bitta golda ishtirok etdi.
"Hozir jamoada muvozanat borligiga ishonmayman. Bu manoda Florian Virtc alohida ajralib turadi.
U formada emas. Florian yangi ligaga o'tgan yosh yigit. "Liverpul" futbolchisi sifatida moslashish uchun unda ko'p vaqt bor. Lekin hozir uni asosiy tarkibdan chiqarish kerak, toki "Liverpul" o'tgan mavsumdagi holatiga qaytib, keyin oldinga intilib, ishonch to'plab, mudofaani mustahkamlasin. Hozir bu tartibsizlik. Gap yutqazish yoki mag'lubiyatlarda emas. Bu birinchi o'yindan boshlab davom etmoqda," – dedi "Liverpul" sobiq himoyachisi Jeymi Karrager.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Fikrlar