Yuriy Lukin: "Tezkor gol bizning rejalarimizni buzib yubordi"
06 iyu 2015 21:56
Yangiliklar


Yuriy Lukin: "Tezkor gol bizning rejalarimizni buzib yubordi"
Oliy liga 12-turi doirasida o'tkazilgan "Lokomotiv" - "Qizilqum" (1:0) uchrashuvidan keyin mehmonlar bosh murabbiyi Yuriy Lukin matbuot anjumaniga tashrif buyurdi.
"O'yin so'nggiga qadar uchrashuv katta bosim ostida kechdi. Umuman olganda bellashuv juda yaxshi kechdi. Bizda biroz sovuqqonlik etishmadi bugun. Tezkor gol bizning rejalarimizni buzib yubordi. Biz bahsga tanlagan rejamizni amalda qo'llay olmadik. Biz gol urishni juda xohlagandik. Biroq gol urish nasib etmadi. Alisher Sanaev jarohati bilan harakat qildi. SHuningdek, SHevchenko jarohati bois o'yinni qo'yib yubordi".

Fikrlar