Yurgen Klopp: "Liverpul"ning holati biz kutgandan yaxshiroq"
27 okt 2019 01:15
Yangiliklar


Yurgen Klopp: "Liverpul"ning holati biz kutgandan yaxshiroq"
"Liverpul" bosh murabbiyi Yurgen Klopp APLda klubining peshqadamligi haqida gapirdi.
"Liverpul"ning hozirgi holati mavsum avvalida kutganimizdan yaxshiroq. Biz ish uchun sifatli poydevor yaratdik. Tez orada eng qiyin oraliq keladi. Noyabr, dekabr, aqldan ozish hech gap emas.
Bazi vaziyatlarda omadga muhtoj bo'lyapmiz. Biz kurashishimiz kerak, bu bizning ishimiz. Hech narsa kafolatlanmagan", – deydi Klopp.
APLning 10-turida "Liverpul" "Tottenxem" bilan o'ynaydi. Uchrashuv ertaga, Toshkent vaqti bilan 20:30da boshlanadi. Championat.asia sayti mazkur o'yinni matnli translyaciya qilishni rejalashtirgan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar