"Arsenal" slovakiyalik futbolchi uchun 70 mln. evro to'lashga tayyor, ammo "Leypcig" 80 mln. evro so'rayapti
24 iyu 01:20
Yangiliklar


"Arsenal" slovakiyalik futbolchi uchun 70 mln. evro to'lashga tayyor, ammo "Leypcig" 80 mln. evro so'rayapti
"Arsenal" va "RB Leypcig" Benyamin Sheshko transferi narxini hali kelishmadi.
22 yoshli sloveniyalik futbolchi London klubining hujum chizig'ini kuchaytirish uchun asosiy transfer nishoni hisoblanadi. Tomonlar kelishuvga erishishga qiziqish bildirmoqda.
Biroq transfer summasi bo'yicha hali kelisha olmadi: "Arsenal" 70 million evroni bir necha transhda to'lashga tayyor, "Leypcig" esa yana 10 million evro ko'proq olishni xohlaydi.
"Kanonirlar" uchun yana bir variant – "Sporting"dan Viktor Dokereshni sotib olish. Inglizlar ikki o'yinchi bo'yicha parallel ravishda muzokara olib bormoqda.
O'tgan Bundesliga mavsumida Sheshko 33 o'yin o'tkazib, 13 ta gol urdi va 5 ta golli uzatma berdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar