Vircning "Liverpul"ga mega transferi! Nima uchun inglizlar shuncha puldan voz kechishga qaror qilishdi?
21 iyu 14:30
Yangiliklar


Vircning "Liverpul"ga mega transferi! Nima uchun inglizlar shuncha puldan voz kechishga qaror qilishdi?
Angliyaliklar yangi mavsum olidan bir qator ajoyib transferlarni amalga oshirishmoqda. Ular Trentning o'rniga "Bayer"dan Jeremi Frimpongni sotib olishdi. Shuningdek, Milosh Kerkez bo'yicha muzokaralarning so'nggi bosqichini o'tkazishmoqda.
Virc masalasida esa jamoa ancha qiyinchiliklarga uchradi. 22 yoshli futbolchi uchun Germaniyaning gegemon jamoasi "Bavariya" bilan kurashishga to'g'ri keldi. "Bayer" esa o'z etakchisini 150 million evroga sotishni maqsad qildi. Nima bo'lgan taqdirda ham tomonlar nihoyat kelishuvga erishishdi. Angliya OAVning malum qilishicha, "qizillar" futbolchining transferi uchun 116 million evro to'lagan. Shuningdek, 18 million evroga yaqin bonus ham germaniyaliklar hisobida tushirib beriladi.
Bu "Liverupul" tarixidagi eng qimmat transfer sifatida tarixga kirdi. Jahonda esa eng qimmat transferlar TOP-10 ligidan joy oldi. Umuman olganda, "Liverpul"ga Virc nima uchun zarur? Eng asosiysi, Vircga "Liverul"da o'ynash nega kerak? Buni quyida tahlil qilib ko'ramiz.
Florian Virc o'zi kim?
Florian Virc Germaniyaning iqtidorli futbolchilaridan biri hisoblanadi. U "Bayer" safida 17 yoshida debyut qildi. "Nemis mashinasi" safida esa 18 yoshida debyut qilishga erishgan.
2022 yilning mart oyida Virc og'ir jarohat oldi – xochsimon bog'lamlarida uzilish sodir bo'ldi. Ko'pchilik yosh futbolchilar bunday jarohatlardan keyin hech qachon o'z darajasiga qaytolaydi, ammo Florianning misoli o'ziga xos. U tuzalib, yanada o'sdi.
Virc 2023/2024 yilgi mavsumda Xabi Alonsoning "Bayer"i uchun asosiy pleymeyker bo'lgan – barcha musobaqalarda 49 o'yinda gol+pas tizimida "18+20" ochko. U o'z mamlakatida bo'lib o'tgan Evroda ishtirok etdi va 2 ta golni hisobiga yozib qo'yib, terma bilan chorak finalga chiqdi.
"Bayer"ning ko'rsatkichi o'tgan mavsumga qaraganda pasaygan bo'lsa-da, Virc yangi darajaga chiqdi. 45 o'yinda 16 ta gol va 15 ta golli uzatma – bu "aysberg"ning faqat uchi!
"Opta" malumotlariga, nemis futbolchisi kuchli beshlik chempionatlarida eng ko'p zarba bergan futbolchilar orasida TOP-15 ga kirdi. Virc muvaffaqiyatli dribling bo'yicha Bundesligada eng yaxshi natijaga ega (82 ta). Florian zarbalar berish bo'yicha ham Chempionlar Ligasining eng yaxshi 10 nafar o'yinchisi qatoriga kirdi (25). Qizig'i, uning jamoasi musobaqani nimchorak finalda tark etdi.
Florian futbolchilar talqinida ketma-ket ikkinchi mavsum Bundesliganing eng yaxshi futbolchisi deb topildi.
22 yoshli Vircning zaif tomonlari deyarli yo'q. U to'pni olish uchun doimo chiziqlar bo'ylab ochiladi. Jamoadoshlarini raqib darvozasi oldida uzatmalar bilan taminlaydi yoki raqib darvozasi qarshisida driblinglarni amalga oshiradi. Bundan tashqari, mohirona zarbalarga ega.
Vircning asosiy roli — "o'nlik", hujumkor yarim himoyachi. Agar kerak bo'lsa, hujum qanotlarida o'ynaydi (eng qulayi chapda). Umuman olganda, u maydonning oxirgi uchdan bir qismining butun kengligi bo'ylab harakatlanadi. Virc – himoyachilar uchun boshog'riq. Uning manevrlarini oldindan aytish qiyin, nazorat qilish esa undan ham qiyin.
"Mening kuchli tomonlarimdan biri shundaki, men maydonda nima bo'lishini oldindan bilaman. Raqiblar qanday harakat qilishlari, to'pni qanday qabul qilishlarini ko'rolaman. Shuning uchun ham o'yin vaqtida o'zim va jamoam uchun ustunlik yarata olaman", – dedi xavbekning o'zi.
Vircni "Liverpul"da nimalar kutmoqda?
Germaniyalik futbolchi uchun eng ideal variant — 4-2-3-1 sxemasida hujumkor yarim himoyachi roli. O'tgan mavsumda Dominik Soboslai ushbu poziciyada o'ynadi. Uning mavsumdagi ko'rsatkichi – "8+9". Bu TOP jamoaning "o'nlik" futbolchisi uchun juda ham zo'r natija emas.
Aynan Virc "Liverpul"ning markazdagi asosiy kuchi bo'lishi mumkin. Uning kreativligi Muhammad Saloh uchun erkinlik yaratishi lozim bo'ladi. Vircning Soboslaidan farqi, u ancha tez va texnika jihatdan ancha kuchli.
Slotning asosiy sxemasida germaniyalik futbolchi pressingda foydali bo'ladi — "Liverpul" 4-2-4 orqali pressing qiladi, bu erda Virc osonlik bilan oldinga o'tadi.
Bundan tashqari, alternativ variantlar mavjud. Masalan, hujumning chap qanotida. Biroq bu chiziqda "Liverpul"ning o'z "bo'rilari" bor. Bu erda undan foydalanish deyarli foydasiz bo'ladi.
Virc nega "Bavariya"ni emas, "Liverpul"ni tanladi?
Yoz boshida Virc uchun asosiy davogar "Bavariya" edi. Nemis grandi doim Bundesligada etishib chiqqan iqtidorlarni sotib olishi bilan mashhur bo'lgan. Biroq bu safar emas. "Bayer"ning talabi "Bavariya"ga qimmatlik qildi. Shuningdek, Vircning o'zi ham "Bavariya"ga o'tishni istamadi.
"Slot Florian bilan shaxsiy suhbatida "Liverpul"dagi rolini aytib bergan. Bu tafsilot hal qiluvchi faktor bo'lgan. Slot unga "10"lik rolini taklif qilgan. "Bavariya"da bu chiziqda Musiala bor. Shu narsa Florianning Angliyaga ko'chib o'tishiga sabab bo'ldi", – deydi germaniyalik jurnalist Kristian Falk.
"Liverpul" ustozi bergan vadasini buzishi dargumon. Virc esa dunyodagi eng raqobatbardosh ligaga – Angliyaning amaldagi chempioni safiga o'tdi. Rivojlanish uchun bundanda ideal variant bo'lmasa kerak.
Virc uchun yana bir ijobiy omil — Frimpongning transferi. Futbolchilar "Bayer"da do'st bo'lgan. Florian yangi jamoasida endi yolg'izlanib qolmaydi.
Bitta tashvish — Vircning sog'lig'i. Uni bazida engil jarohatlar bezovta qilib turadi. Bundan tashqari, u faoliyatida eng og'ir jarohatlardan birini olgan. Virc o'zi uchun "komfort zona"dan chiqishdan, "Liverpul" esa katta summaga futbolchi olishdan qo'rqmadi. Ko'ramiz, 22 yoshli iqtidor Angliyada qanchalik o'zini ko'rsatadi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar