"Yunayted" "Milan" hujumchisiga qiziqish bildirmoqda
13 okt 2019 13:57
Yangiliklar


"Yunayted" "Milan" hujumchisiga qiziqish bildirmoqda
"Manchester Yunayted" rahbariyati "Milan" hujumchisi Kshishtof Pentekning transferiga qiziqish bildirmoqda.
"Manchester Evening News" xabariga ko'ra, polshalik futbolchi ayni damda mankunianliklarning short-listiga kiritilgan.
"Rossoneri" hujumchisidan tashqari, ushbu ro'yxatda Mario Manjukich ("Yuventus"), Erling Xoland ("Red Bull Zalcburg") va Mussa Dembele ("Lion") kabi futbolchilar ham o'rin olishgan.
Pentek ushbu mavsumda "Milan" tarkibida 7 o'yinda qatnashib, 2 gol kiritdi. Uning transfer narxi 40 million evroga baholanmoqda.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar