So’nggi yangiliklar

07:18Sofascore. Ҳусанов ва унинг шериклари «Ливерпул»га қарши учрашувда қандай баҳо олишди?  1 07:02Бурчак зарбасидан гол ва ассистлар. Неймар «Сантос»га йирик ғалабани тақдим этди  0 02:43Лига 1. "Лион" ва ПСЖ ўртасидаги ўйинда 5та гол урилди, Хакимидан дубль  1 02:39А Серия. Влаховичнинг голи меҳмонда "Ювентус"га ғалаба тақдим этди  0 00:53Киммих "Бавария"да қолишга яқин  0 00:24Абдуқодир Ҳусанов бугунги ўйинда қандай статистика қайд этди?  5 00:15АПЛ. "Манчестер Сити" "Ливерпуль"га мағлуб бўлди, Ҳусанов ўйинда тўлиқ ҳаракат қилди  1 23:35Бундеслига. "Бавария" ўз уйида "Айнтрахт"га жавобсиз 4та гол урди, мюнхенликлар энг яқин таъқибчиларидан 8 очко илгарилаб кетишди  2 23:29БАА Про лигаси. "Ал Батаэҳ" кутилмаганда "Шаржа"дан устун келди, "Ал Ваҳда"дан йирик ғалаба  0 23:24АПЛ. "Манчестер Сити" ўз майдонида "Ливерпуль"га ютқазди. Ҳусанов ҳимоячилар орасида энг катта балл олди  181 23:00U-20 Осиё кубоги. Ўзбекистон ўз юришини чорак финалда тўхтатди  11 22:32"Челси" Ла Лигадаги ҳимоячи билан шартнома имзоламоқчи  1 22:10Ла Лига. "Реал" ўз уйида "Жирона"ни мағлуб этиб, очколар бўйича "Барса"га етиб олди, 39 ёшли Модрич ўйинда ҳисобни очди  64 21:56Гризманн ўзининг "Атлетико"даги келажагини белгилаб олди  0 21:08Сон Хён Мин "Манчестер Юнайтед"га ўтиши мумкин?!  5

Yubiley, 400 metr balandikka sayohat, tennis musobaqasida kim g'olib? "Qaldirg'ochlar"so'nggi o'rtoqlik o'yinida qanday natija qayd etdi? (XORVATIYA KUNDALIGI) Yangiliklar

Yubiley, 400 metr balandikka sayohat, tennis musobaqasida kim g'olib? "Qaldirg'ochlar"so'nggi o'rtoqlik o'yinida qanday natija qayd etdi? (XORVATIYA KUNDALIGI)

Xorvatiyaning uchinchi liga vakili "Segesta" klubiga qarshi bahs bilan "Bunyodkor" o'rinbosarlarining Xorvatiyadagi yig'ini yakunlandi.

Championat.asia o'quvchilari uchun Zagrebdan tayyorlagan reportajlarimiz ham nihoyalab bormoqda. Bugungi maqola kecha va bugungi voqealarni o'z ichiga oladi. 

Tonggi mashg'ulotlardan mashg'ulotlardan qaytgan jamoa azolari tushlikdan so'ng ikkiga bo'lingan holda stol tennisida bellashishdi. Abduhamid Qodirov va Ivan Boshkovich jamoalari bahsi qiziqarli kechdi. Yakunda Abduhamid Qodirov jamoasi g'alabani tantana qildi. Futbolchilarning o'zaro to'qnashuvida Iskandar Solievga teng keladigani topilmadi.

Jamoa azolari bilan mazkur yig'in doirasida "Polet", "Maksimir", Zagreb kabi obektlarga sayohat qildik. Aftidan shu bilan tugadi, deb o'yladim. Yo'q, Ivan Boshkovich barchani dengiz sathidan 400 metr balandlikdagi Stampar Maderkin Breg adirligiga olib bordi. Deyarli Xorvatiya chegarasi. Mazkur joydan 5 kilometrdan so'ng Slovakiya chegarasi keladi. Quyidagi suratda barchasi ko'rsatilgan.  Atrofni ko'rish uchun maxsus minora yasalgan bo'lib, balandligi chamasi 9 qavatli domning 4 qavati. Atrof kaftdek namoyon. 


"Bu erga ko'plab sayohatchilar tashrif buyuradi. Medimuredagi eng ko'p tashrif buyuradigan ikkinchi raqamli maskan hisoblanadi",- deydi men bilan suhbatda bo'lgan sotuvchi qiz. 


Esdalik uchun suratga tushmasdan iloji yo'q edi. 


Kechki taomda esa "Bunyodkor" Superligaga chiqib, o'rinbosarlar jamoasi tashkil qilingandan beri faoliyat yuritib kelayotgan SHavkat Toshpo'latovning 60 yoshga to'lganligi nishonlandi. Futbolchilar o'zlarining ilik fikrlarini, tilaklarini bildirdi.  "Men aslida iqtisodchidan chiqqanman. Futbolga qiziqardim, lekin jamoada ishlash tushimga kirmagan. Taqdir taqozosi bilan  "Bunyodkor" Superligaga chiqgach klub o'rinbosarlariga mamurlikka taklif qilishdi. O'z vaqtida Oleg Belyakov, Pavel Bugalo, Sardor Rashidov, Alibobo Rahmatullaev, Doston Hamdamov kabi nomlar bilan ishlashga ulgurdik. Bir necha nafar murabbiylar bilan birga mehnat qildik. Nasibamiz shu erda ekan ishlab yuribmiz",- deydi SHavkat aka.



Bugun esa yosh "qaldirg'ochlar" so'nggi o'rtoqlik uchrashuvida maydonga tushishdi. Raqib yuqorida aytganimdek Xorvatiya uchinchi ligasi vakili, 1906 yilda tashkil topgan "Segesta" jamoasi. Garchi arena ancha eskirgan bo'lsada, maydon chimi ajoyib holatda. 

Uchrashuvda kichik individual xatolar raqibning 3ta gol urishi uchun etarli bo'ldi. Dastlabki 15 daqiqalikda "qaldirg'ochlar" to'pni nazorat qilish va raqib jarima maydonchasiga bosim uyushtirishni alo darajada bajarishdi. Ammo dastlabki goldan so'ng o'yin tizgini mezbonlar tomoniga o'tdi. SHunga qaramay  futbolchilarda vaziyatlar yuzaga keldi. Biroq biroz sovuqqonlik etishgani yo'q. O'ylaymanki, barcha sharoitlarni ichiga qamrab olgan xorij yig'inlari har yili tashkil qilinsa foydadan holi bo'lmaydi. Xalqaro tajriba to'planadi,  o'zidan bir bosh baland raqiblar bilan o'yinlardagina xatolar ko'zga tashlanadi. 



O'rtoqlik uchrashuvlaridagi barcha natijalar. 

"Medimure" - "Bunyodkor" U-21 2:0 

"Dinamo Zagreb" U-20 - "Bunyodkor" U-21 2:1

"Polet" - "Bunyodkor" U-21 4:3

"Segesta" - "Bunyodkor" U-21 3:0

Kimlar gol urdi: Abdulloh Omonaliev, Ulug'bek Kenjaev, Iskandar Soliev, Sudaysi Jo'raboev




Endilikda bor etiborimiz Superligaga qaratiladi. Buyog'iga ish yanada qaynaydi. Xorvatiya sarguzashtlarini Abror Pirrievning so'zlari bilan boshlagandim, shu bilan yakunlayman: "Sayr ham sayr, sport ham". 


FOTO. 110 yillik tarixga ega, "Dinamo Zagreb" raqiblarini qabul qiladigan "Maksimir" stadioniga sayohat

FOTO. "O'zbekistonni faqat xaritadan ko'rganman. Kelajakda borish niyatim yo'q emas"— Zagreb ko'chalariga sayohat, xotirjam Boshkovich, bugungi raqib haqida (XORVATIYA KUNDALIGI)

Intervyu. Ivan Boshkovich: "Kechagi va bugungi futbolni solishtirish noto'g'ri. "Bunyodkor" U-21 taklifiga nega yo'q deyishm kerak edi? O'zbekistonda futbol pasaymagan. Faqat..."

FOTO. "Bunyodkor" o'rinbosarlarining "Dinamo Zagreb" yoshlariga qarshi kechgan o'yinidan galereya

 "Bunyodkor" asosiy jamoasi "Isloch"ni mag'lubiyatga uchratdi, klub o'rinbosarlari esa "Dinamo" Zagrebga yutqazishdi

"Dinamo Zagreb" murabbiyi Damir Krznar: "Bunyodkor" yosh futbolchilar fabrikasi ekanligi shubha qoldirmadi. Menga yoqqan futbolchi bu..."

 FOTO. Ivan Boshkovich "Bunyodkor" o'rinbosarlari jamoasida ishga kirishdi (XORVATIYA KUNDALIGI)

"Bunyodkor" o'rinbosarlari dastlabki sinovdan qanday o'tishdi? Raqib murabbiyi nimalar dedi? (XORVATIYA KUNDALIGI)

FOTO. Xorvatiya terma jamoasi mashg'ulot o'tadigan maydonga sayohat va stadion bosh menejerining fikrlari (KUNDALIK)

FOTO. "Bunyodkor" U-21 Xorvatiyada. Kunning birinchi yarmidagi voqealar va o'rtoqlik uchrashuvidagi raqiblar haqida (KUNDALIK)

O'zbekiston? "Yalla" guruhining "Uchquduq" qo'shig'ini yaxshi ko'ramiz, futbolchilardan SHomurodovni taniyman. "Bunyodkor" o'rinbosarlari Xorvatiyada (KUNDALIK)


Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика