"Like Sup"da finalchilar ma'lum bo'ldi

Narzulla Saydullayev
21 iyul 2025, 12:59
"Like Sup" 3-mavsum turnirida yarim final o'yinlari bo'lib o'tdi.

Dastlabki yarim finalda amaldagi chempion "Nokaut" jamoasi "Teatr" bilan to'qnash keldi. Asosiy vaqtida 6:6 hisobi qayd etildi. G'olib penaltilar seriyasida aniqlandi va unda "Nokaut"ning omadi keldi - 5:4. 

"Al Badr" va "Dutor" o'rtasidagi qiziqarli bahsda 2:1 hisobi qayd etildi. 

Musobaqaning final uchrashuvi 22 iyul kuni "Nokaut" va "Al Badr" o'rtasida kechadi. Uchrashuv soat 22:00da start oladi. 







O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia