"Like Cup" yakunlandi: "Al Badr" - chempion!

Narzulla Saydullayev
23 iyul 2025
Kecha, 22 iyul kuni "Like Cup" musobaqasining uchinchi mavsumi yakunlandi.

Uchinchi o'rin uchun bahsda "Teatr" jamoasi "Dutor"ni 6:3 hisobida mag'lub etdi va bronza medalini qo'lga kiritdi. "Nokaut" va "Al Badr" o'rtasidagi final esa haqiqiy finallardek o'tdi. Asosiy vaqtda 4:4 hisobi qayd etildi. Penaltilar seriyasida "Al Badr" omadliroq chiqdi (5:4) va uchinchi mavsum "Like Cup" chempioniga aylandi!

Musobaqa yakunlangach tashkilotchilar eng yaxshilarni taqdirlashdi. "Nokaut" vakili Oybek Qilichev 10 ta gol bilan turnir to'purariga aylandi. "Al Badr" yetakchisi Dilshod Irsaliev esa eng yaxshi futbolchi deb topildi. 








Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia