So’nggi yangiliklar

19:39Роналдо: "Анчелотти – ажойиб мураббий. У барчасини изига солади"  0 19:14"Олтин тўп-2025" тақдирлаш маросимининг санаси ва жойи эълон қилинди  8 18:54Суперлига. ОКМК – "Нефтчи". Таркиблар маълум  9 18:21Лапорта "Барселона" қачон асосий стадионига қайтишини тушунтирди  4 17:53"Манчестер Юнайтед" Родриго учун таклиф тайёрламоқда  2 17:25Эмилиано Мартинеснинг хизматлари "Барселона" ва МЮга таклиф қилинди  6 16:57BBC канали Исроилнинг Ғазо секторидаги ҳаракатларини танқид қилган Линекерни ишдан бўшатмоқчи  14 16:30Чемпионликни бой берган "Аякс" бош мураббийи истеъфога чиқди  3 16:03"Манчестер Сити" Украина терма жамоаси ҳимоячисига қизиқиш билдирмоқда  0 15:34Роналду яқин орада фаолиятини тугатиш ниятида эмас  7 15:08Артета: "Арсенал" сўнгги уй ўйинида АПЛни ютишини орзу қилгандим"  4 14:45Breaking! "Манчестер Юнайтед" Матеус Кунья билан шартнома имзолашга яқин!  4 14:27"Лочинлар" "қалдирғочлар"нинг "қанотини қайирган" ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  3 14:18Валерий Седунов вафот этди  1 13:51"Қолишимни кутмагандим". Салоҳ – шартномаси ҳақида  1

Yosh “charm to'p” ustalari maydonda Yangiliklar

Yosh “charm to'p” ustalari maydonda

Teglar :  CHarm to'pXorazm
Bugungi kunda mamlakatimizda faoliyat yuritayotgan sport maktablarining futbol to'garaklarida minglab yosh “charm to'p” ustalari kamol topmoqda.

Ularning etuk futbolchilar bo'lib voyaga etishi yo'lida malakali murabbiylar kamarbasta bo'lishayotir. Buning barobarida, yoshlarning mahoratini yanada oshirish uchun turli miqyosdagi musobaqalar tashkil etilyapti.

Xorazm viloyati jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi tasarrufidagi Sport o'yinlari va engil atletikaga ixtisoslashtirilgan bolalar-o'smirlar sport maktabi rahbariyati tashabbusi bilan 2007-2008 yillarda tug'ilgan o'smirlar o'rtasida uyushtirilgan ochiq birinchilik ana shular jumlasidandir.

Urganch shahrida bir necha kun mobaynida bo'lib o'tgan mazkur musobaqada 16 ta - Xorazm viloyatining barcha shahar va tumanlari, shuningdek, Samarqand viloyatining Toyloq tumanidagi BO'SM jamoasi g'oliblik uchun bahs yuritdi. Musobaqa avvaliga to'rt guruhda olib borildi, so'ngra guruhida birinchi o'rinni olgan jamoalar uchrashuvlarni davom ettirishdi.

Yarim finalda “Akademiya”(Yangibozor tumani) jamoasining yosh futbolchilari “Xonqa BO'SM”(Xonqa tumani)dagi tengdoshlarini yirik 3:0 hisobida dog'da qoldirishdi. Ikkinchi juftlikda “Yoshlik”(SO'EAIBO'SM, Urganch shahri) jamoasi “Xiva BO'SM”(Xiva tumani) ustidan 3:1 hisobida g'alaba qozondi.

“Akademiya” va “Yoshlik” jamoalari orasida kechgan hal qiluvchi bellashuv nihoyatda hayojonli kechganligi bilan ajralib turdi. O'yinning asosiy vaqtida g'olibni aniqlashni imkoni bo'lmagach, penaltilar seriyasi o'tkazildi. Unda viloyat markazi vakillarining qo'li baland keldi(4:2). Natijada, “Yoshlik” jamoasi 2007-2008 yillarda tug'ilgan o'smirlar o'rtasida tashkil etilgan ochiq birinchilik g'olibiga aylanishdi.

Ikrom XUDOYBERGANOV.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика