"Qolishimni kutmagandim". Saloh – shartnomasi haqida
19 may 13:51
Yangiliklar


"Qolishimni kutmagandim". Saloh – shartnomasi haqida
"Liverpul" hujumchisi Muhammad Salohybyu jamoa bilan shartnomani uzaytirishi kutilmagan hol bo'ldi.
"Klub tarixiga asoslanib, men bitim uzaytirilishini 10 foizga baholagandim. Klubning falsafasi shu, avval 30 yoshdan oshgan futbolchilarga qanday munosabatda bo'lganini bilaman. Men qolishimni kutmagandim. O'ylaymanki, klub men foyda keltira olamanmi yoki yo'q, sinab ko'rdi va keyin shu qarorga keldi", – dedi Saloh.
Eslatib o'tamiz, 31 yoshli vingerning joriy mavsum oxirida tugashi kerak bo'lgan shartnomasi 2027 yilga qadar uzaytirilgan edi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar