So’nggi yangiliklar

01:54А Серия. Чемпионлик учун курашаётган "Интер" ва "Наполи" сўнгги тур олдидан дуранг ўйнади, "Рома" ва "Ювентус"да ғалаба  28 01:06"Барселона" футболчиси клубдан кетишга яқин  5 00:20Ла Лига. "Атлетико"дан йирик ғалаба, "Реал" тўққиз киши бўлиб қолган "Севилья"ни мағлуб этди, "Барселона" эса ўз уйида "Вильярреал"га мағлуб бўлди  42 00:13Илёс Зейтуллаев: "Бугун футбол ўйнадикми?"  12 00:00Григорий Колосовский: "Иккинчи голдан кейин ташаббусни рақибга топшириб қўйдик"  1 23:40Асрор Алиқулов: "Бугун йигитларда характер етишмади"  1 23:32Гильерме Гедеш: "Ғалаба туғилган кунимга кутилмаган совға бўлди"  0 23:21Шоҳмалик Комилов: "Жорий мавсум Суперлигада бирор жамоа ажралиб тургани йўқ"  1 23:10Суперлига. "Пахтакор" Навоийдан йирик ҳисобдаги ғалаба билан қайтмоқда  80 23:07Алишер Одилов: "Машғулотлардан кейин "Тривела" услубида алоҳида шуғулланамиз"  2 23:05Туркия Суперлигаси. Алиқулов жамоаси иштирокидаги ўйинда 9 та гол урилди, "Сивасспор" эса меҳмонда мағлуб бўлди  0 22:57Ҳаким Фузайлов: "Урганчдаги стадионда битта камчилик қолди холос"  2 22:41Руслан Жиянов: "Гол уриш яхши, бу голлар жамоага фойда келтирса, ундан ҳам яхши"  1 22:30АПЛ. "Арсенал" Райснинг голи туфали "Ньюкасл"ни мағлуб этди  4 22:20Мирко Еличич: "Мен ишлаган "Локомотив" билан ҳозиргисининг фарқи жуда катта"   0

Superliga. Penalti qayta tepilgan, gol hisoblanmagan va qizil kartochka bekor qilingan o'yinda "Navbahor" "Bunyodkor"ni mag'lub etdi Yangiliklar

Superliga. Penalti qayta tepilgan, gol hisoblanmagan va qizil kartochka bekor qilingan o'yinda "Navbahor" "Bunyodkor"ni mag'lub etdi

Superliganing 10-turidan o'rin olgan "Bunyodkor" – "Navbahor" uchrashuvi yakunlandi.

"Bunyodkor" – "Navbahor" 2:3

18.05.2025

Bosh hakam: Ravshan Abdivohidov

Yordamchi hakamlar: Zufar Eliboev, Elnur Doniyorov

Zaxira hakami: Diyar Temirbekov

Nazoratchi: Bobur Haydarov

VAR hakami: Ilgiz Tantashev

AVAR hakami: Rishat Nugmanov

Komissar: Diyor Xotamqulov

Gollar: 1:0 – 10, Imeda Ashortia (penalti), 1:1 – 19, Ruslan Jiyanov (penalti), 1:2 – 65, Ruslan Jiyanov (Sergey Karpovich), 1:3 – 65, Shohmalik Komilov (Alisher Odilov), 2:3 – 90+9, Luis Kachorri (Nosir Abdusalomov)

"Bunyodkor": 1.Abdumavlon Abdujalilov, 4.Najmiddin Normurodov (22.Azizbek Omonov, 74), 6.Bobur Yo'ldoshev, 7. Odil Hamrobekov, 8.Martin Shroler (21.Nosir Abdusalomov, 74), 9.Imeda Ashortia (18.Narimon Ahmadjonov, 85), 10.Rasul Yo'ldoshev (2.Nikoloz Mali, 63), 15.Marko Bugarin, 30.Sardor Abdunabiev (11.Temirxo'ja Abduxoliqov, 63), 74.Luis Kachorri, 77.Muzaffar Olimjonov

Zaxira: 13.Hamidullo Abdunabiev, 5.Aleksandr Zevadinov, 57.Amir To'raqulov, 66.Aziz To'lqinbekov

"Navbahor": 1.Umid Ergashev, 7.Azim Ahmedov, 9.Zabihillo O'rinboev, 12.Saidazamat Mirsaidov, 13.Benjamin Teidi, 17.Ruslan Jiyanov, 33.Sergey Karpovich, 36.Gilerme Gedesh, 37.Alisher Odilov (11.Po'latxo'ja Xoldorxonov, 83), 70.Abbos G'ulomov (8.Shohmalik Komilov, 66), 99.Igor Gabriel

Zaxira: 16.Shukron Yo'ldoshev, 4.Shahzod Toirov, 6.Sherzod G'ulomjonov, 10.Shahzod Ubaydullaev, 19.Mirzohid G'ofurov, 22.Asadbek Jo'raboev, 55.Uomil Tojiddinov

Ogohlantirishlar: Benjamin Teidi (26), Bobur Yo'ldoshev (45+10), Marko Bugarin (90+6)

YANGILASH

O'yin yakunlandi.

90+9. GOL! Abdusalomovning pasidan so'ng Kachorri hisobni qisqartirdi!

90+6. Hakam VAR monitorida holatni ko'rgach, qizil kartochkani bekor qilib, Bugaringa sariq kartochka ko'rsatdi.

90+3. Bugarin O'rinboevga nisbatan qo'pol o'ynagani uchun maydondan chetlatildi.

90. Ikkinchi bo'limga 6 daqiqa qo'shib berildi.

89. Xavfli vaziyat! Jiyanov xet-trikni rasmiylashtirishi mumkin edi, ammo uning raqib jarima maydonida yo'llagan zarbasi darvoza yuqorisidan o'tib ketdi.

85. "Bunyodkor"da o'zgarish.

1897 nafar tomoshabin bugungi uchrashuvni stadiondan kuzatib bormoqda ekan.

83. "Navbahor"da o'zgarish.

82. O'rinboev tomonidan yo'llangan zarbani Abdujalilov qaytardi.

75. Komilovning jarimadan uzatmasini Jiyanov darvozaga to'g'rilab qo'yishga harakat qildi, "Bunyodkor" darvozaboni ishonchli harakat qildi.

74. "Bunyodkor"da ikki o'zgarish.

72. GOL! Zaxiradan maydonga tushgan Komilov "Navbahor"ning tezkor qarshi hujumi natijasida Odilovning chap qanotdan bergan pasidan so'ng jamoasining uchinchi goliga mualliflik qildi! 

66. "Navbahor" tarkibida o'zgarish.

65. GOL! Jiyanov Karpovich tomonidan uzatilgan to'pni bosh bilan "Bunyodkor" darvozasiga joylab qo'ydi! 

63. "Bunyodkor" tarkibida ikki o'zgarish amalga oshirildi.

62. G'ulomovning tepgan to'pni Abdujalilov egallab oldi.

59. Xavfli vaziyat! Jiyanovning pasidan so'ng O'rinboev tovoni bilan gol urishi mumkin edi, to'p yana darvoza to'siniga tegib qaytdi.

58. "Bunyodkor" jarima zarbasi ishladi. Shrolerning uzatmasini raqib himoyachisi qaytardi.

53. Abdunabievning kuchli zarbasi darvoza yuqorisidan o'tib ketdi.

52. "Navbahor"da qulay imkoniyat yuzaga kelgandi. Ammo Jiyanov zarba yo'llashga kechikdi, uning pasini esa raqib himoyachisi qaytardi.

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi.

Taym yakunlandi. Tanaffus.

Gol bekor qilindi. Kachorri hujum tashkil qilinayotgan paytda raqib futbolchisiga nisbatan qoidabuzarlik sodir etgan deb topildi.

45+6. GOL! "Bunyodkor" hisobda oldinga chiqib oldi! Shroler o'ng qanotda Abdunabievning uzatmasini to'xtatmasdan raqib darvozasiga joylab qo'ydi.

45+1. G'ulomovning zarbasiga aniqlik etishmadi.

45. Birinchi bo'limga 7 daqiqa qo'shib berildi.

44. Kachorrining zarbasi darvoza yuqorisidan o'tib ketdi.

42. "Bunyodkor" jarima zarbasi ishlab oldi. Shrolerning zarbasi "jonli devor"dan o'tmadi.

39. Mehmonlarning jarimadan uzatmasi raqib futbolchilari tomonidan qaytarildi.

37. Gedesh tomonidan yo'llangan zarbaga aniqlik etishmadi.

33. Ashortianing zarbasi kuchli chiqmadi, Ergashev to'pni egallab oldi.

28. Xuddi shunday vaziyatni qarama-qarshi nuqtada Jiyanov sodir etdi.

27. Abdunabiev o'ng qanotdan uzatilgan to'pga to'xtatmasdan zarba yo'lladi, noaniq.

26. Benjamin Teidi maydon markazida Kachorriga nisbatan qo'pollik ishlatgani uchun ogohlantirildi.

25. "Bunyodkor" chap qanotda standart vaziyatga ega bo'ldi. Ammo hujumda Kachorri qoida buzdi.

19. GOL! Jiyanov penaltini aniq amalga oshirdi!

Hakam penalti qayta ijro etilishini bildirdi. Sababi to'p tepishdan ilgari Hamrobekov jarima maydoniga kirib bo'lgandi.

17. O'rinboevning penaltidan yo'llagan zarbasini "Bunyodkor" darvozaboni Abdujalilov qaytardi!

16. "Bunyodkor" darvozasiga penalti belgilandi.

Hakam VAR orqali ehtimoliy penaltini ko'rib chiqmoqda. 

12. Xavfli vaziyat! Jarima uzatmasidan so'ng O'rinboev tomonidan bosh bilan yo'llangan zarba darvoza to'siniga tegib qaytdi.

10. GOL! Ashortia penaltidan hisobni ochdi! Umid Ergashev to'p yo'nalishini topa olmadi.

7. "Navbahor" darvozasiga penalti belgilandi. Ahmedov o'z jarima maydonida Abdunabievni qo'pollik evaziga to'xtatib qoldi.

3. Burchakdan uzatilgan to'pga G'ulomov ikki marta zarba berdi. Birinchisi himoyachidan qaytdi, ikkinchisini darvozabon egallab oldi.

2. Odilov chap qanotdan oldinga borib, jarima maydoniga pas berdi, mezbonlar himoyachisi to'pni maydon tashqarisiga chiqarib yubordi.

1. O'yinni mehmonlar boshladi.

Jamoalar maydonga chiqib kelishdi. "Bunyodkor" to'q binafsharang, "Navbahor" oq rangli liboslarda harakat qiladi.

Reyting: +8   

Fikrlar

+16   
18 may 20:58:18
Абдугаффор . N
Секин жадвал хакикий куринишига кайтяпти. Яхши от кейин чопади. Навбахорга омад ! ( Нефтчи мухлиси)
+15   
18 may 19:25:42
MuhlisUz
Хамробеков туп тепилмасдан жарима майдонига кириб кетди ва кайтган тупга биринчи етиб келди, шунга кайта пеналти тепилди. Шархловчи оддий коидани хам билмайдими?!
+14   
18 may 21:17:01
Азим Исмаилов
Хакикий эркакча уйин булди ( 2 тайм учун алохида)
+14   
18 may 20:59:41
MuhlisUz
Навбахор хужум чизигидаги 3 та футболчиларга гап йук!!!
+11   
18 may 21:19:16
Navbakhor_Nam
Bugun xaqli ravishda Navbahor galaba qozondi yahshiyam uchinchi golni urib olgan ekan a to hakam Bunyodkor hisobni tenglashtirmagincha davom ettirib bir nima qilib nichya qivolarkan lekin ohshamadi bugungi oyin uchun barcha yigitlarga oyin uchun raxmat ????
+11   
18 may 20:46:56
ParliamenT
NAVBAHOR BUNYODKORNI J
HAKAM PAKAMI BILAN URYAPTI
+10   
18 may 21:17:49
ParliamenT
Hakam Bunyodkorga 3chi golni taqdim qilmoqchi edi Lekin VODIY QIROLI NAVBAHOR hakam pakami Bilan bunyodkorni maglub qildi
+10   
18 may 21:15:59
Олег Шацких 11
САРЛАВХПНИ КАРА, КАРОЧИ НАВБАХОР ЮТДИИИИИИИ))
+9   
18 may 21:29:14
Fayzulloh
Водийда иккита клуб бор Бири Фаргонада Нефтчи яна бири Наманганда Навбахор (третий личный)...
+9   
18 may 20:49:46
DRAKON
Шохмаликни уйинига этибор беринглар хурматли Насаф мурабийлари,бундай тезкор ва срвукон уйнайдиган футболчини жамоадан кетказиб юбориш учун инсон камида кип кизил жинни булиши керак,демакки сизлар жиннисизлар,жинни эканликларинг учун хам шундай болларни жамоадан хайдаб катдаги тормоз леганерларга пул совуриб уйнатиб юрибсизлар
+9   
18 may 20:45:15
Pedri_16
Navbahor muhim g'alabani qólga kiritdi.
+9   
18 may 19:32:41
MuhlisUz
Zoxidjon foydalanuvchining fikriga javob berish
Судя пидараз йук жойдан пенальти куйиб беряпти
Кайси жамоани мухлисисиз билмадиму, лекин иккала холатда хам пеналти бор эди.
+8   
18 may 21:26:16
islombek6767
Навбахорни бошка у́йинчиларига хурмат саклаган холда галабага катта хисса ку́шган Алишер Одиловга алохида тафаккур Галаба муборак бу́лсин барча Навбахор мухлислар ОЛГА ЛОЧИНЛАР!!!
+8   
18 may 19:25:33
Koson_united UK
Odil Hamrobekov penalti tepilmasdan 16lik chiziqdan kirish mumkin emasligini hich bilmaydimi. Navbahor birinchi penalty urgan payti hali tup tepilmasdan uje 11lik nuqtaga yaqin kep utiribdi. Bunday tajribali uyinchi uchun bu holat sharmandalikda. 2-penaltyda ham tepilmasdan ichkariga kirib ketti. Bu noprofessionallik.
+7   
18 may 18:56:36
FK Navba-FK Real
ОЛГА "НАВБАХОР" !!! ОЛГА "ЛОЧИНЛАР" !!!
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика