So’nggi yangiliklar

10:15"Бунёдкор" уч нафар футболчи билан келишувга эришди  0 09:49"Нефтчи"ни яна бир футболчи тарк этди  2 09:22Анчелотти Винисиусни огоҳлантирди  0 08:55Рамос ўз хизматларини Европанинг ТОП клубига таклиф қилган  5 08:28"Нефтчи" 20 ёшли футболчи билан шартнома имзолади  1 08:03Азизбек Пирмуҳаммедов якунланган мавсумда Суперлигада ушбу натижага эришган ягона футболчи  0 07:31"Навбаҳор" тўпурари фаолиятини Тошкент жамоасида давом эттириши мумкин  1 02:20Суперлига-2025. Мавсумнинг эсда қоларли лаҳзалари  1 01:56"Барселона" Бундеслига юлдузларидан бирини сотиб олмоқчи  1 01:24Асосий таркибдан жой ваъда қилинган "Сити" футболчиси жамоани тарк этмоқчи  1 00:51МЮ "Атлетико" футболчисини 30 млн. еврога сотиб олиши мумкин  1 23:45Яхшибоев ва Болтабоев "Андижон"га ўтди  21 23:27"Йилнинг энг яхши ёш футболчиси" мукофоти учун номзодлар эълон қилинди  2 22:44"Йилнинг энг яхши хорижлик футболчиси" мукофоти учун номзодлар эълон қилинди  4 22:11"Нефтчи"дан кетган Левченко Суперлигада "йил мураббийи" совринини қўлга киритди  6

"Xalqim uchun "Oltin to'p"ni qo'lga kiritishni istardim" - Muhammad Saloh Yangiliklar

"Xalqim uchun "Oltin to'p"ni qo'lga kiritishni istardim" - Muhammad Saloh

"Liverpul" sardori Muhammad Saloh "France Football" nashriga bergan intervyusida faoliyatining qolgan qismidagi maqsadlari haqida so'zlab, faoliyati yakunlanishidan oldin "Oltin to'p"ni qo'lga kiritishni xohlashini etirof etdi.

Mavsumning avvalida "Liverpul" to'rtta sovrin uchun kurash olib borganda, Saloh individual mukofot uchun asosiy nomzodlardan biri sifatida baholangandi. Biroq "qizillar" Chempionlar Ligasidan chiqib ketganidan so'ng misrlik futbolchining imkoniyatlari kamaydi. Saloh o'zining imkoniyatlari va "Oltin to'p"ni qo'lga kiritish istagi haqida fikr bildirar ekan, quyidagilarni aytdi:

"Bu mening ixtiyorimda emas, lekin, albatta, bir kun kelib xalqim uchun "Oltin to'p"ni qo'lga kiritishni istardim. Misr qishlog'ida tug'ilganingda, bolalikda bunday mukofotni orzu qilish ham mushkul. Faqat "Liverpul"ga o'tganimdan keyingina bu haqda o'ylay boshladim. Ammo uni qo'lga kiritolmasam ham, faoliyatim baribir muvaffaqiyatli o'tgan bo'ladi.

Hali 32 yoshdaman, oxirgi g'oliblarning bir necha nafari o'ttiz yoshlar atrofida edi. Xo'sh, kim bilsin? Keyingi mavsum juda qiziqarli o'tishi kutilmoqda – "Liverpul" bilan chempionlik unvonini himoya qilamiz, Chempionlar Ligasida g'alabaga intilamiz, Misr bilan Afrika Kubogida qatnashamiz, Jahon chempionati bo'ladi", – dedi Saloh.

Takidlash joiz, hujumchi ushbu mavsum "Liverpul" safida 50 o'yinda 33 ta gol urdi va 23 ta golli pas uzatdi.

Reyting: +13   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика