"Oltin to'p-2025" taqdirlash marosimining sanasi va joyi elon qilindi
19 may 2025 19:14
Yangiliklar
"Oltin to'p-2025" taqdirlash marosimining sanasi va joyi elon qilindi
"Oltin to'p" o'tgan yili elon qilinganidek, UEFA hamda France Football va L’Équipe mediakompaniyalariga egalik qiluvchi Groupe Amaury o'rtasidagi hamkorlik doirasida o'tkazilmoqda. "Oltin to'p" mukofoti 1956 yildan buyon har yili France Football tomonidan topshiriladi va futbolchining ajoyib yutuqlari hamda noyob istedodini etirof etish uchun beriladigan eng nufuzli mukofot hisoblanadi.
Franciya poytaxtida o'tkaziladigan marosimda 2024/25 yilgi mavsum bo'yicha quyidagi mukofotlar topshiriladi:
Erkaklar uchun "Oltin to'p", ayollar uchun "Oltin to'p", Kopa sovrini (21 yoshgacha bo'lgan eng yaxshi erkak va ayol futbolchilarga), Yashin sovrini (erkaklar va ayollar futbolidagi eng yaxshi darvozabonga), Gerd Myuller sovrini (erkaklar va ayollar futbolidagi mavsumning eng yaxshi to'purariga), Yoxan Kroyf sovrini (erkaklar va ayollar futbolidagi eng yaxshi murabbiylarga), shuningdek, L’Équipe va Peace and Sport tashkilotlari tomonidan hamjihatlik harakatlari yoki ijtimoiy tashabbuslarni qo'llab-quvvatlagani uchun futbolchilarga beriladigan Sokrates mukofoti.
Ushbu mavsum mukofotlari uchun nomzodlar 6 avgust kuni elon qilinadi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar