So’nggi yangiliklar

01:10Сенсация! Манчинининг Саудияси Индонезияни мағлуб қила олмади  1 00:55Жалолиддин Машарипов: "Ўйинимиздан кўнглим тўлмади, бундан яхшироқ ўйнай оламиз"  0 00:36Бу даҳшат! Роналду фаолиятидаги 900-голини урди  6 00:22Ўзбекистон термасида Сречко Катанец қўл остида илк марта шундай ҳолат кузатилди  6 00:05Шерзод Насруллаев: "Майдоннинг ҳолати яхши эмаслиги бугунги ўйинга таъсир қилди"  13 23:40Элдор Шомуродов: "Ҳар бир учрашувда фақатгина уч очко учун ўйнаймиз"  8 23:22ЖЧ саралаши. Эрондан кичик ғалаба, БАА Қатарда камбек амалга оширди  17 22:59Миллатлар лигаси старт олмоқда! Португалия - Хорватия ва бошқа учрашувларнинг асосий таркиблари билан танишинг  4 22:24ЖЧ саралаши. B ҳамда C гуруҳидаги ўйинларнинг асосий таркиблари маълум бўлди  6 21:58Сречко Катанец: "Мақсадимиз томошабоп ўйин эмас, ЖЧга чиқиш"  47 21:44Жалолиддин Машарипов: "Яхши ўйнадик дея олмайман, асосийси ғалаба"  20 21:34КХДР бош мураббийи: "Биз кутган натижа бўлмади"  18 21:05ЖЧ-2026 саралаши. Ўзбекистон - КХДР 1:0, Машарипов голини Роналду услубида нишонлади  31 20:54ЖЧ-2026 саралаши. Ўзбекистон КХДРни мағлуб этиб, учинчи босқични 3 очко билан бошлади  338 20:41Ўртоқлик учрашуви. Россия Вьетнамни қийинчиликсиз мағлуб қилди  3

Yo'g'e, "Liverpul" lanatlanganmi? Yangiliklar

Yo'g'e, "Liverpul" lanatlanganmi?

"Qizillar"ning omadi kelmayapti. Angliya grandining omadsizliklarini bir yodga olaylik.

2020 yil "Liverpul"ning yili bo'lishi kerak. Jamoa fevral oyida "Manchester Siti"ni 22 ochkoga ortda qoldirayotgandi. "Qizillar"ning bir umrlik dushmani "Everton"ga qarshi o'yinidan keyin esa mart oyidayoq sovrin ko'tarishga tayyor turgandi! Barchasi jiddiy ketayotgandi. Nahotki, jamoa 30 yil deganda chempionlikni qo'lga kiritadi, ko'zlarimga ishonmayapman... ammo to'xtang!

Doimo chiroyli o'yin ko'rsatgan "Liverpul" APLda biror marta chempion bo'lmaganiga ishonish qiyin, bazida bunga birgina qadam etishmay qolardi. Rafa Benites davrida jamoa 2009 yilda chempionlikka salkam erishayotgandi, biroq duranglar "Liverpul"ning boshini egandi. Keyingi imkoniyat 2014 yili paydo bo'ldi, biroq "CHelsi"ga qarshi o'yinda Stiven Jerardning yiqilishi va mag'lubiyat sovrindan voz kechishga majbur qildi. O'tgan mavsumda esa jamoa 97 ochko to'pladi. Daxshat! Bu chempionlikka etmadi! Bu borada jamoa "Siti"dan 1 ochkoga ortda qoldi. Bundan g'alati hulosa olishimiz mumkin. "Liverpul" rostdan ham lanatlanganmi?

"Liverpul"ning so'nggi chempionligi APL boshlanishidan oldin, yani, 1990 yilda qo'lga kiritilgandi. SHundan keyin "Manchester Yunayted" 13 bor sovringa ega chiqdi, "CHelsi" 5, "Manchester Siti" 4 bora chempion bo'ldi. O'rtada hattoki "Lester" ham chempionlikni nishonladi.

Ha, "qizillar"da ham ikkita sovrin bor, ECHL bosh sovrinlari qo'lga kiritildi, ammo APL - boshqa turnir. Bu boradagi dastlabki jiddiy urinish 2008/09 yilgi mavsumda qayd etilgandi. O'shada Benites qo'l ostida Jerrard, Torres va Alonso kabi futbolchilar bo'lgan va ular mavsumda 2 marta "Manchester Yunayted"ni mag'lub etgandi. Biroq bu Ser Aleksga chempionlik uchun halaqit qilmadi.

Ikkinchi o'rin - Benitesning Angliyadagi eng yaxshi natijasi, biroq o'shandan keyin u jamoaga halaqit qila boshladi: o'zi yozda jamoadan ketdi, ortidan Alonso ham shu yo'lni tanladi, Torres esa avvalgi ishtiyoqini yo'qotdi. Doimgidek, "Liverpul" mavsum yakunlanayotganda jangovarlik ruhini yo'qotadi. Va har doim shunday urinishlardan keyin jamoa o'zining ijrochilari bilan xayrlashadi.

2013/14 yilgi mavsumda "Liverpul" boshqaruvida Brendan Rojers paydo bo'ldi. Uning qo'l ostida Luis Suares, Daniel Starrij va Stiven Jerrard bor edi va ular sovrinni qo'lga kiritishiga bir bahya qolgandi. Ammo rostini aytish kerak, ushbu futbolchilarsiz jamoa kuchsizroq o'ynardi, natijalar esa bosh murabbiyning xizmatlari edi. "Liverpul" chiroyli o'yin ko'rsatdi, Suares esa asosiy yulduz bo'ldi. O'shanda "qizillar" ko'plab gollar urishdi: "Arsenal" 5:1, "Stok" 5:3, "Suonsi" 4:3, "Kardiff" 6:3 - jamoa fanatlari o'yinlarni valerianka bilan ko'rishardi.

Keyinchalik barcha masalani hal qilishi kutilgan "CHelsi" bilan o'yin bo'ldi. "Liverpul"ning yutishi ham shart emas, hattoki durang ham qanoatlantirardi. Mourinyu ham o'z avtobusini qo'ydi, "qizillar" esa istaganicha hujum qildi.

Iqtidorli murabbiy Rojers unchalik ham tajribali emasdi. U ushbu bahsga majburiy bo'lmasa-da, doimgidek kuchli tarkibini qo'ydi. Natija - jamoa qutqaruvchisi Stiven Jerrard himoyada xatoga yo'l qo'ydi. Demba Ba esa to'pni egallab oldi va darvozani ishg'ol qildi. Jerrard ham vaziyatni qutqarishga harakat qilmadi. "Ko'klar" yana bir gol urishdi, barchasi tamom bo'ldi.

Agarda "Liverpul" shunchaki yutqazganida bu alam qilmasdi. Bu erda odamning ruhiy holati muhim rol o'ynadi. "Liverpul" gollar farqi borasida "Siti"dan o'tib ketishi mumkin edi, biroq keyinchalik "Kristal Pelas"ga qarshi o'sha mashhur uchrashuv bo'lib o'tdi. Mersisaydliklar 3 to'p farqi bilan mag'lub bo'ldi.

Yakun: chempionat g'olibligiga "shaharliklar" ega chiqishdi. Yozda Luis Suares jamoadan ketdi. Rojers o'shanda jamoa chempionlik uchun kurasha olishini vada qilgandi. Ammo urugvaylikning vazifasini Riki Lambert ham Mario Balotelli ham eplay olmadi.

Navbatdagi omadsizlik 2018/19 yilgi mavsumda qayd etildi. O'shanda barchasi "Siti"ga qarshi o'yindagi bahsli gol va mag'lubiyat orqali hal bo'ldi. Yurgen Klopp barqaror va tajribali mutaxassis. U 3 yildayoq "Liverpul"ni qayta qurishga erishdi va barcha teshiklarni yopib tashladi. Uning "Liverpul"da o'tayotgan har bir mavsumida natijalar yaxshilanmoqda. Balki "qizillar" barcha xatolarni o'rganib chiqqan holda o'z tarixidagi eng kuchli jamoaga aylangandir. Jamoadagi yulduzlar qolyapti, kollektiv o'zgarmayapti, psixologiya kuchaymoqda. Hammasi yaxshi ketayotgandi, qo'lga kiritilajak chempionlik ham endi qulog'ini ushlab ketishi mumkin. Jahonni ostin-ustun qilib tashlagan pandemiya vaqtida daho Klopp ham hech nima qila olmaydi.

Jerradning xatosi. 97 ochko. Pandemiya. "Liverpul" muxlislariga og'ir bo'lmoqda.

Mirjalol Normatov tarjimasi

Reyting: -2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика