Yoaxim Lyov Nyubelning "Bavariya"ga o'tishidan norozi
15 jan 2020 01:30
Yangiliklar
Yoaxim Lyov Nyubelning "Bavariya"ga o'tishidan norozi
Germaniya terma jamoasi bosh murabbiyi Yoaxim Lyov 23 yoshli darvozabon Aleksandr Nyubelning ("SHalke") "Bavariya"ga o'tish haqidagi qaroridan norozi.
Avvalroq Nyubel yozda "SHalke" bilan shartnomani bekor qilib, "Bavariya" bilan 5 yillik bitim imzolashi haqida xabar berilgandi. Lyov bu tanlov Nyubelning istiqboli uchun salbiy tasir qiladi degan fikrda. CHunki Nyubel katta ehtimol bilan kelgusi mavsumlar "Bavariya" sardori Manuel Noyerning o'rinbosari bo'ladi.
"Men yosh futbolchilar o'sishlari uchun imkon qadar ko'proq o'yin amaliyotiga ega bo'lishlari tarafdoriman. 20-21 yoshli futbolchi 2-3 yil zahira o'rindig'ida o'tirishidan biror foyda bormi, bilmayman", — deydi tajribali mutaxassis.
Fikrlar