"Bavariya" darvozaboni Ulrayx o'g'li vafot etganini elon qildi
01 avg 2025 14:57
Yangiliklar
"Bavariya" darvozaboni Ulrayx o'g'li vafot etganini elon qildi
"Bir necha hafta oldin o'g'limiz Len uzoq va og'ir kasallikdan so'ng vafot etganini katta qayg'u bilan elon qilamiz.
Buni ommaga elon qilish qarori biz uchun nihoyatda og'ir, ammo bu biz uchun oila sifatida atrofimizdagilar va jamoatchilik uchun vaziyatga oydinlik kiritish uchun muhim qadamdir. Qizimiz bilan birga endi asta-sekin hayotga qaytishga harakat qilyapmiz.
Oilamiz, do'stlarimiz va "Bavariya"ga so'nggi bir necha oy davomida qo'llab-quvvatlab borgani uchun alohida minnatdorlik bildirmoqchimiz – bu biz uchun katta ahamiyatga ega. Biz jamoatchilik va ommaviy axborot vositalaridan shaxsiy hayotimizni hurmat qilishlarini so'raymiz. Boshqa savollarni berishdan o'zingizni tiying", – deb yozdi Ulrayx.
OAV malumotlariga ko'ra, bola 6 yoshda bo'lgan.
36 yoshli Ulrayx iyul oyi oxirida "Bavariya" bilan shartnomasini 2026 yilgacha uzaytirdi. Darvozabon 2015-2020 yillarda myunxenliklar safida to'p tepgan, bir mavsumni "Gamburg"da o'tkazgan va keyin "Bavariya"ga qaytgan.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ЕЧЛ. Винисиуснинг ягона голи "Реал"га "Бенфика" устидан ғалаба тақдим этди. Моуринью четлатилди
Тьерри Анри Винисиус билан боғлиқ ирқчилик ҳодисаси ҳақида: "Мен "Реал"ни ёқтирмайман, лекин бугун мадридистман"
Винисиус кечаги воқелардан сўнг баёнет билан чиқди
Расман: УЕФА "Бенфика" — "Реал" ўйинидаги ирқчилик можароси бўйича суриштирув бошлади
Fikrlar