Yaxshiboev o'ynayotgan "SHaxtyor"ga yangi bosh murabbiy tayinlandi
06 sen 2020 09:49
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/590804_original.jpg)
![](/upload/storage/590804_220.jpg)
Yaxshiboev o'ynayotgan "SHaxtyor"ga yangi bosh murabbiy tayinlandi
Belarusning "SHaxtyor" klubida yangi bosh murabbiy ish boshladi.
Jamoa sobiq murabbiyi Yuriy Vernidub oilaviy sabablarga ko'ra istefoga chiqqandi.
Kecha ukrainalik Roman Grigorchuk "SHaxtyor" bosh murabbiyi etib tayinlandi. Uning so'nggi ish joyi Qozog'istonning "Astana" klubi bo'lgandi. 2018-2020 yillarda Grigorchuk "Astana" bilan ikki marta mamlakat chempioni bo'ldi, Superkubokni qo'lga kiritdi va ikki marta Evropa ligasi guruh bosqichiga chiqdi.
Malumot uchun, "SHaxtyor" safida o'zbekistonlik Jasurbek Yaxshiboev to'p tepmoqda.
O’xshash yangiliklar
23:40
Qozog'iston Liga kubogi. "Turon" va "Ordabasi" o'rtasidagi o'yinda jangovar durang qayd etildi 1
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar