So’nggi yangiliklar

18:48Кипрда "Кармиотисса" президенти отиб кетилди  0 18:30Суперлига. "Андижон" – "Шўртан" (матнли трансляция)  0 18:25"Вазиятга реал қараш керак, ҳар бир рақибга қарши ўйлаб қўйган режаларимиз бор" — Ислом Исмоилов иштирокидаги матбуот анжумани   6 18:05"Машъал" - "Хоразм" 0:2 (Матнли трансляция)  2 18:03Нодир Элибоев: "Олдингидек, 1 ёки 2 та ўйинни кутиб яшаётганимиз йўқ. Ҳар бир турда яхши рақобат бор"  0 17:27Манба: Катанец ёрдамчилари ЎФАни судга бермоқчи  24 17:02ФИФА рейтинги янгиланди: Ўзбекистон бир поғона пастлади  12 16:05Ўзбекистон терма жамоаси афсонаси Қозоғистон жамоасини бошқарадими?  11 15:37"Аҳал" ОЧЛ-2'даги уй учрашувини Эронда ўтказади  5 15:16Қозоғистон футзал термаси устози Кака: "Бизда легионерлардан Игита билан Эдсон қолди"  0 14:54Фабио Каннаваро Қаршидаги футбол академияси билан танишди  16 14:32Ўзбекистон Кубоги финалида жамоалар қандай рангдаги либосларда ўйнашига аниқлик киритилди  2 14:14Футзал бўйича Олий лига 4-тур учрашувларига қайси шаҳар мезбонлик қилиши маълум  0 13:59"Олимпик"нинг 11 ўйинлик мағлубиятли серияси якун топган баҳсдан ГАЛЕРЕЯ  0 13:40Испания футбол федерацияси президенти АҚШда бўлиб ўтадиган "Вильярреал" – "Барселона" учрашувига муносабат билдирди  9

Ekspert fikri. Diyor Mirzaboev: "Andijon" ikki frontga tayyor emasdek ko'rindi, bazi jamoalar tarkibi Superliga uchun etarlicha kuchlimas" Yangiliklar

Ekspert fikri. Diyor Mirzaboev: "Andijon" ikki frontga tayyor emasdek ko'rindi, bazi jamoalar tarkibi Superliga uchun etarlicha kuchlimas"

O'zbekiston futbolida har tur o'yinlarini tahlil qilish, jamoalarning imkoniyatlari va xatolarini ko'rsatib berish muxlislar uchun qiziq.

Shu jihatdan mutaxassis, futbol bo'yicha ekspert, o'z vaqtida "Andijon", "Mashal", "Yangier" jamoalarida faoliyat olib borgan Diyor Mirzaboev Superliganing so'nggi turidagi asosiy uchrashuvlar haqida o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

"Qizilqum" – "Nasaf"

O'yini haqida fikr bildiradigan bo'lsam, ikkala jamoa ham tomoshabop o'yin namoyish qilishmadi. "Qizilqum" asosan qarshi hujumga tayangan holda harakat qildi. "Nasaf" esa Elit OCHLda "Al-Axli"ga qarshi og'ir o'yin o'tkazganini inobatga olsak, oddiy uzun to'plar orqali o'ynashga urindi. "Nasaf" 3 ochko uchun harakat qildi va amalda uddaladi. Biroq ikki jamoa o'yinidan kelib chiqsak, durang adolatli natija bo'lar edi.


"Andijon" – "So'g'diyona"

"Andijon" ham Osiyo chempionlar ligasida o'yin o'tkazdi. Hozirgi paytda jamoa ikki frontda harakat qilishga tayyor emasdek ko'rindi. Bosh murabbiy almashinuvi katta o'zgarish bermadi. Aleksandr Xomyakov davridagi tajovuzkor futbol ko'rinmayapti — bu, albatta, shaxsiy fikrim. Mehmonda harakat qilgan "So'g'diyona" himoyaviy futbol namoyish etdi va qarshi hujumlarda mahorati yuqori ijrochilar hisobiga harakat qildi. Menimcha, ushbu bahsda "Andijon"ga omad kulib boqdi.


OKMK – "Bunyodkor"

OKMK jamoasi o'tgan turda yirik hisobda mag'lub bo'lgandi. Shu jihatdan murabbiylar shtabi jamoani tez tiklab, keyingi o'yinga yaxshi tayyorlaganini alohida etirof etish kerak. Futbolda shunday — bugun yutasiz, ertaga yutqazishingiz mumkin. Yuqori ijrochilar to'plangan jamoada gollarga boy o'yinlar ko'p bo'lishi tabiiy hol. OKMK har bir vaziyatdan unumli foydalandi va yakunda yirik hisobda g'alabaga erishdi. "Bunyodkor" haqida esa bir o'yin bilan keskin qaror chiqarish noto'g'ri. Futbolda  bo'lib turadi, bu gal tajriba o'z so'zini aytdi.


"Sho'rtan" – "Paxtakor"

Bu bahs haqida aytsam, "Sho'rtan" Superligada jon saqlab qolish uchun harakat qilmoqda. Bunday jamoalarga qarshi o'ynash har doim qiyin. "Paxtakor" esa avvalgi turda chempionlik uchun kurashayotgan "Neftchi"ga qarshi irodali g'alaba qozongan edi. Bir futbolchisi kam bo'lib qolgan "Paxtakor"ning himoya chizig'ini yorib o'tish oson bo'lmadi, chunki jamoada mahorati yuqori ijrochilar bor. Agar to'liq tarkibda o'ynashganida, natija "Neftchi" tomonida ham bo'lishi mumkin edi. "Sho'rtan"ga qarshi bahsda esa "Paxtakor" xotirjamlikka berilgan bo'lishi ehtimol. Statistik malumotlar shuni ko'rsatmoqdaki, "Sho'rtan" ushbu uchrashuvda ham yaxshi harakat qildi.


"Buxoro" – "Navbahor"

"Buxoro" jamoasini tajribali Aleksandr Xomyakov qabul qilib oldi. Ko'p hollarda yangi murabbiy kelganidan keyin futbolchilarga boshqacha tasir ko'rsata oladi. Xomyakovni shaxsan yaxshi bilganim uchun uning futbolchilarni qay tarzda o'yinga tayyorlashi va ko'p individual suhbatlar o'tkazishini yaxshi bilaman. Bundan tashqari, yangi stadionda o'yin o'tkazish, psixologik tayyorgarlik omillari ham tasir ko'rsatdi. "Navbahor" esa ehtimol, xotirjamlikka berilgan. Xomyakovning shaxsiy statistikasiga etibor bersak, u doim "Navbahor"ga qarshi omadli o'yinlar o'tkazgan. Menimcha, "Buxoro" Superliga va Kubok bahslarida g'alabali yurishini davom ettiradi. "Navbahor" esa bu safar koncentraciya va diqqatni yo'qotib qo'ydi.

Turnir jadvali haqida

Chempionlik uchun intriga oxirgi turgacha saqlanib qolishi mumkin. "Paxtakor"ning "Sho'rtan" bilan durang o'ynashi "Neftchi"ni quvib etish imkoniyatini kamaytirdi. Superliga yakuniga 8 tur qolgan bir paytda, nazariy jihatdan "Nasaf", "Neftchi", "OKMK" va "Paxtakor" chempionlik uchun kurashishi mumkin.

Jadvalning quyi qismiga kelsak: Pro-liga va Superliga jamoalari o'rtasidagi farq ancha katta. Etibor bersak, jadvalning quyi qismida o'tgan yili Pro-ligada harakat qilgan jamoalarni ko'rish mumkin. Pro-ligadan keyin Superligada tez moslashish oson emas, bu vaqt talab qiladi. Ayni damda bazi jamoalar tarkibi Superliga uchun etarli darajada kuchli emas. Mening fikrimcha, futbolchi va murabbiylar buni to'g'ri qabul qiladi.

Reyting: +1   

Fikrlar

+1   
22 sen 13:31:34
nasafchempion♡
Реал75 foydalanuvchining fikriga javob berish
Суперлига якунига 8 тур қолган бир пайтда, назарий жиҳатдан "Насаф", "Нефтчи", "ОКМК" ва "Пахтакор" чемпионлик учун курашиши мумкин. ЧАЛА ЭКСПЕРТ НЕГА ДИНАМО ЙУК БУ РУЙХАТДА. ДУМИНГНИ БОСДИМИ ДИНАМО.
Dinamo 6-oʻrindaku
   
22 sen 23:01:32
1994 Nurafshon
Азиз Омонов Бухоро Навбахор уйни єнг яхшиси гарчи гол урмаган булсада майдонда жудда зур уйнади киритилган бешта голда унинг хиссаси бор
   
22 sen 17:01:06
Azim Ismailov
Бу супер экспертнинг гаплари асоссиз
Назарий жихатдан деб езибдику лекин биронта назарий фикр билдирмаган
Хозирги реал холатдан келиб чикиб айтганида у 1 урин учун насаф ва нефтчи 3 урин учун колган 4 жамоа курашади деганида тугри буларди
   
22 sen 14:49:28
......
ЭКСПЕРТ ДЕГАНИ КУУУП ЙИЛЛАР КАТТА ФУТБОЛ УЙНАГАН, КЕЙИНЧАЛИК КУУУУУП ЙИЛЛАР КАТТА ФУТБОЛДА МУРАББИЙЛИК КИЛГАН ОДАМ БУМИДИМИ?
ДАЖЕ ФУТБОЛ УЙНАДИ ДЕГАНИ БУ ЭКСПЕРТ БУЛДИ ДЕГАНИМАС! ЭКСПЕРТ ДЕГАНИ КУУП УКИБ, КУП ЙИЛЛАР КАТТА ФУТБОЛДА БАЛАНД-ПАСТЛИКЛАРНИ КУРИБ МУРАББИЙ БУЛИБ БИР УЗИДАН НОМ ЧИКАРГАН ОДАМНИ ЭКСПЕРТ ДЕСА БУЛАДИ! ХА БУ ОДАМИЗ КАЧОНЛАРДИР АНЖАН МАЪШАЛНИ ДУБЛЬДА ИШЛАСЕЛА ЭКСПЕРТ БУЛИБ КОЛМАЙДИКУ.
   
22 sen 14:38:07
......
БУНАКА ЭКСПЕРТЛАРНИ КАЕРДАН ТОПАСИЗЛАР?
   
22 sen 13:39:12
Реал75
nasafchempion♡ foydalanuvchining fikriga javob berish
Dinamo 6-oʻrindaku
Динамода 1та уйин запасда борку, агар уша уйинниютган такдирда тоза 3 чи куринга кутарилади ва пахтакор ва агмк дан утиб кетади.
   
22 sen 13:17:28
Реал75
Суперлига якунига 8 тур қолган бир пайтда, назарий жиҳатдан "Насаф", "Нефтчи", "ОКМК" ва "Пахтакор" чемпионлик учун курашиши мумкин. ЧАЛА ЭКСПЕРТ НЕГА ДИНАМО ЙУК БУ РУЙХАТДА. ДУМИНГНИ БОСДИМИ ДИНАМО.
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика