Diyor Mirzaboev: "Mavsum oxirida futbolchilarga motivaciya yetishmayapti"

Mirjalol Normatov
10 noya 2022, 19:25
Pro liganing navbatdagi turidan o'rin olgan "Zomin" - "Yangier" (3:0) uchrashuvidan so'ng mehmonlar ustozi Diyor Mirzaboev fikrlarini bildirib o'tdi.

- "Zomin" bilan joriy yil hisobidan to'rtinchi marotaba to'qnash keldik. Avvalgi uchrashuvlarda 1:0 hisobida g'alaba qozongandik. "Zomin"ga g'alaba kerakligi ma'lum edi. Oson bo'lmasligini bilardik. 2:0gacha 3ta yuz foizli imkoniyat yuzaga keldi. Ettinchi o'rinni egallashimiz ma'lum. Shu bois kerakli motivaciya yetishmayapti. 

- Yozda jamoaga olingan legioner hozirgacha 3ta gol uribdi. Uning jamoaga foydasi tegdimi?

- Legioner futbolchimizni chempionat boshlanishiga 2 kun qolganda oldik. Unga vaqt kerak edi. Orada jamoamizni bir nechta kuchli ijrochilar tark etdi. Yuqori darajali futbolchilar bilan ko'rsatgan o'yinini baribir hozir ko'rsatishi qiyin. Futbolchining atrofidagilarga ham bog'liq. Unga to'p uzatadigan, o'zaro tushunadigan futbolchilar bor. Gapirsak, ko'p xato topamiz. Umuman olganda yomon demayman.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: championat.asia