Yaroslav Krushelnickiy: "Malayziyada futbolchilarni aldash degan narsa yo'q"
04 dek 2014 11:46
Yangiliklar

Yaroslav Krushelnickiy: "Malayziyada futbolchilarni aldash degan narsa yo'q"
O'zbekistonlik himoyachi Yaroslav Krushelnickiy 2014 yilgi mavsumni Malayziyaning birinchi ligasida ishtirok etgan "Felda Yunayted" klubida o'ynadi.
- Malayziyada yaxshi mavsumni o'tkazdim. Garchi birinchi ligada to'p tepgan bo'lsam-da, saviya jihatdan bizning oliy ligadan qolishmaydi. Gaplarim hazil emas. Keskinlik va shiddat borasida kerak bo'lsa oliy ligamizni ham ortda qoldiradi. Jamoamiz o'z oldiga qo'ygan vazifani bajarib, birinchi ligadan oliy ligaga chiqdi.
- Farhod Tojiev va Sadriddin Abdullaev "T-Tim" jamoasi bilan shartnoma imzolashdi. Bu jamoa o'z oldiga jiddiy maqsadlarni qo'ygan. Ikkala futbolchi ham Malayziyada o'zini ko'rsata olishadi. Menimcha, o'zbekistonlik barcha futbolchilar Malayziya chempionatida yaxshi o'ynash olishadi. Qolaversa, u erda moliyaviy qiyinchiliklar yoki aldash degan narsa yo'q. Hisob-kitob ishlari vaqtida amalga oshiriladi, - deydi Krushelnickiy "Futbol Ekspress" gazetasiga.

Fikrlar