Yaponiya JCH-2002 o'zida o'tkazish uchun CONMEBOLga pora bergan

Aslanov Jasurbek
19 iyun 2015, 21:49
Janubiy Amerika futbol konfederatsiyasi (CONMEBOL) sobiq prezidenti Nikolas Leos Yaponiya futbol federatsiyasidan 1,5 mln. dollar miqdorida pora olgan.

Leos pora olgan paytda FIFA vice-prezidenti bo'lib ishlar edi. Yaponiya bu mablag'ni 2002 yildagi jahon chempionati turnirini o'zida o'tkazish uchun bergan. Leos pulni 10 federatsiyaga bo'lib berishi kerak edi, ammo mansabdor boshqacha yo'l tutdi: u 1,2 mln. dollarni Braziliya va AQSHdagi hisoblariga qo'ygan, 200 ming dollarni CONMEBOL bosh kotibi Eduardo de Luega va 100 ming dollarni CONMEBOL va FIFA aloqalariga javobgar Zorane Dannisga beradi.

Leos 1986 yildan 2013 yilgacha bu vazifada ishlagan. Ayni damda u AQSHda uy qamog'ida saqlanmoqda.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com