So’nggi yangiliklar

00:55Рамосга Жанубий Америкадан таклиф келиб тушди  0 00:27Қирғиз Республикаси устози: "Биз қилган ўзгаришлар рақибга бир қанча ноқулайликлар туғдирди. Бугун уларни хайрон қолдира олдик"  5 00:05Рустам Ашурматов: "Ўзимизга ўзимиз ютқазмасак, бу гуруҳда ҳеч ким бизни мағлуб эта олмайди"  9 23:35Одилжон Ҳамробеков: "Бугун тактика ёки индивидуал маҳорат эвазига эмас, кучли иштиёқ сабабли ғалаба қозондик"  15 23:24Миллатлар лигаси. Нидерландия – Германия, Англия – Финляндия. Таркиблар аниқ!  0 23:15ЖЧ-2026 саралаши. Эрон БААни қийинчилик билан мағлуб этди. Ўзбекистон иккинчи турдан кейин тўплар нисбатига кўра биринчи ўринда  48 22:47ЖЧ-2026 саралаши. Иордания Фаластинни, Жанубий Корея Ўмонни мағлубиятга учратди  5 22:39Сречко Катанец Қирғиз Республикасига қарши кечган қийин учрашувдан сўнг нималар деди? (тўлиқ матбуот анжумани)  30 21:15ЖЧ-2026 саралаши. Қирғиз Республикаси - Ўзбекистон 2:3  37 20:55ЖЧ-2026 саралаши. Марказий Осиё дербисида Ўзбекистон камбэк қайд этди ва гуруҳда пешқадамга айланди  514 20:05"Ювентус" ярим ҳимоячиси билан хайрлашишга тайёр  1 19:33ЖЧ-2026 саралаши. КХДР ва Қатар муроса кўчасини танлашди  60 19:28ЖЧ-2026 саралаши. 70 дақиқадан кўпроқ вақт камчиликда ўйнаган Саудия Арабистони ғалабага эришди   4 19:05ЖЧ-2026 саралаши. Австралия яна юта олмади  9 18:31Футзал. Таиланд терма жамоаси Бухорога етиб келди  0

Yangi reglamentdagi yangiliklar Yangiliklar

Yangi reglamentdagi yangiliklar

Navbatdagi futbol mavsumi ham boshlanishiga tobora oz qolyapti.

Xabaringiz bor, 9 mart sanasidan boshlab Superliga o'yinlariga start beriladi. Muxlislarimizni bu yilgi musobaqalar qay tartibda o'tishi hamda reglament bilan bog'liq o'zgarishlar qiziqtirishi tabiiy. SHu bois quyida bazi yangiliklar haqida to'xtalib o'tamiz. 


HAKAMLAR QANCHA HAQ OLADI?

SHunisi aniqki, 2021 yilgi mavsum musobaqalari uchun chiqarilgan reglamentda hakamlar ish haqi qancha ekanligi ko'rsatilmagan. 2020 yilgi holat bo'yicha uchrashuv rasmiylarining mehnat haqi quyidagicha ko'rinishda edi: 

Bosh hakam: 3 million so'm

Qanot hakamlarining har biri: 1,5 million so'm

Zaxira hakami: 500 ming so'm

Nazoratchi: 800 ming so'm

Komissar: 400 ming so'm

Lekin bu yilgi Reglamentda hakamlar uchun to'lanadigan haq elon qilinmagan. Buni katta ehtimol bilan O'FA Hakamlar qo'mitasi uchrashuv rasmiylari bilan o'zaro kelishgan holda hal qilsa kerak. 


TRANSFERLAR OYNASI

Bizda har mavsum uchun ikkita transfer oynasi bor: qishki va yozgi. Bu mavsum uchun qishki "darcha" 4 yanvardan ochildi va 12 martga qadar davom etadi. Yozgi transferlar oynasi esa 5 iyul - 31 iyul oralig'iga belgilangan. Darvoqe, yozgi "darcha"da har bir klub o'z safiga taklif etgan yangi futbolchilar soni 10 nafardan oshmasligi kerak.


LEGIONERLAR LIMITI

Legionerlar limiti o'tgan yilgidek o'zgarishsiz qoldi: 4+1. Bunda kamida bir nafar osiyolik futbolchi bo'lishi shart, agar klublar o'z safini to'liq 5 nafar xorijlik bilan to'ldiradigan bo'lsa. Bundan tashqari xorijlik futbolchilar va murabbiylar uchun to'lanadigan badal pullari miqdori ham kamaytirildi.

Superligada xorijlik fuqaroni ro'yxatdgan o'tkazish:

Futbolchi - 40 million (o'tgan yil  50 million so'm edi)

Murabbiy - 20 million (o'tgan yil 25 million so'm edi)

Pro ligada xorijlik fuqaroni ro'yxatdgan o'tkazish:

Futbolchi - 20 million (o'tgan yil 50 million so'm edi)

Murabbiy - 20 million (o'tgan yil 25 million so'm edi) 

Birinchi liga va ayollar futboli jamoalari xorijlik fuqarolarni bepul ro'yxatdan o'tkaza olishadi. Yana bir gap. Agar legioner uzluksiz 4 mavsumni O'zbekistonda o'tkazayotgan bo'lsa, bu yilgi beshinchi mavsum uchun klub badal to'lovini amalga oshirmaydi. Bundan tashqari, agar legioner futbolchi bir klub safida ketma-ket ikkinchi mavsum uchun ro'yxatdan o'tkazilsa, unda badal to'lovi 50 foizga qisqaradi, yani klub 20 million so'mni PFLga to'lab futbolchini ro'yxatdan o'tkazishi mumkin.


BADAL PULLARI

To'g'ri, yangi reglamentda turli musobaqalar uchun to'lanadigan badal pullari miqdori keltirilmagan. SHunga qaramay, ancha oldin PFL buni oshkor etdi. Aytish mumkinki, bu yildan badal miqdori ancha kamaygan. 

Superliga - 350 million (o'tgan yil 500 million so'm edi)

Pro liga - 100 million (o'tgan yil 200 million so'm edi)

Birinchi liga - 50 million (o'tgan yil 100 million so'm edi)

Ayollar chempionati - 0 so'm (o'tgan yil 50 million so'm edi) 


FUTBOLCHILARNI RO'YXATDAN O'TKAZISH

Superliga klubi ko'pi bilan 45 nafar futbolchini ro'yxatdan o'tkazishi mumkin. SHulardan kamida 17 nafar futbolchi 1999 y. va undan kichik hamda kamida 5 nafari 2003 va undan kichik bo'lishi lozim. Proliga va Birinchi liga klublari ko'pi bilan 25 nafar futbolchini ro'yxatdan o'tkaza olishadi.

U-21 chempionatida 1999 y. yoki undan katta 2 futbolchining maydonga tushishiga ruxsat beriladi. U-18 chempionatida esa 2003 va undan kichiklar o'ynaydi hamda kamida 20 nafar futbolchi ro'yxatdan o'tkaziladi. 


IJARA VA UCHRASHUV QAYDNOMASI

Bir mavsumda har qanday klub boshqa bir klubga 2 nafardan ortiq futbolchini ijaraga bera olmaydi. Umumiy hisobda esa klublar o'zlari ishtirok etadigan Liganing boshqa klublariga 6 nafardan ko'p futbolchini ijaraga bera olishmaydi. SHuningdek, ijaraga berilgan futbolchi avvalgi jamoasiga qarshi maydonga tushishga haqli va bu o'rinda ijara shartnomasi tuzilayotgan  paytda mazkur bandga zid keluvchi shart qo'yish taqiqlanadi. 

Yana bir yangilik o'yindan oldin to'ldiriladigan uchrashuv qaydnomasi bilan bog'liq. O'tgan mavsum Superliga klublari jami 20 nafar futbolchini uchrashuv qaydnomasiga kiritishlari mumkin edi. Bu yildan yana oldingi tizimga qaytildi: endilikda klublar 18 nafar futbolchini qaydnomaga kiritishlari mumkin bo'ladi: 11 asosiy tarkib va 7 zaxira futbolchilari. 

O'yin paytida nechta futbolchi almashtirishga ruxsat beriladi? Bilasiz, pandemiya sabab PFL o'tgan yil 5 nafargacha futbolchining zaxiradan tushishiga ruxsat bergandi. Bu yildan yana 3taga qaytildi. Demak, Superliga uchrashuvlari paytida har bir klub 3 tadan futbolchini almashtira oladi. Quyida musobaqalardagi almashtirishlar sonini keltirib o'tamiz: 

Superliga — 3 ta

O'zbekiston kubogi — 3 ta (+1 ekstra taymda)

Liga kubogi — 3 ta (+2 tanaffus vaqtida, yo'qsa bu limit kuchini yo'qotadi)

U-21 — 5 ta

U-18 — 5 ta

U-16 — 7 ta

U-14 — 7 ta

Pro liga — 3 ta

Birinchi liga — 5 ta

Ayollar oliy ligasi — 3 ta

Ayollar birinchi ligasi — 5 ta

U-16 ayollar chempionati — 7 ta. 

P.S Mazkur qoida epidemiologik sharoitdan kelib chiqib o'zgarishlar soni qayta ko'rib chiqilishi mumkin. 


"BOLBOYLAR"NI PFL KIYINTIRADI

Yana bir yangilik shuki, bu yilgi mavsumdan boshlab to'p uzatib beruvchi bolakaylarni PFL kiyintiradi. OCHL o'yinlari payti "bolboylar" kiyadigan libos OFK tomonidan berilishini ko'pchilik bilsa kerak. Endi PFL ham shunday yo'l tutishga qaror qildi va bu juda yaxshi. 


O'ZBEKISTON KUBOGI VA LIGA KUBOGI

O'zbekiston Kubogi bu yil ham dastlab guruh shaklida bo'ladi. Guruh o'yinlarida 24ta jamoa (6 guruhga bo'lingan holda) qatnashadi. Bu musobaqada farm klublar qatnasha olmaydi. Guruh bosqichidan boshlab toki finalgacha har bir bahs bitta o'yindan iborat bo'ladi.

Liga Kubogi bu yil o'tkaziladimi? Bu savolga javob berish qiyin, negaki hammasi pandemiya bilan bog'liq vaziyatga qarab qolgan. Malumki, Liga Kubogida o'tgan yil qo'shni Tojikiston va Qirg'iziston klublari ham qatnashish istagini bildirishgandi. Bu yil nima bo'ladi, Liga Kubogi o'tkaziladimi, bu kabi savollar javobi keyinroq oydin bo'ladi.

Reyting: +15   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика