So’nggi yangiliklar

20:00Ўзбекистон кубоги. "Динамо" ва "Лочин" ўртасидаги 1/8 финалнинг илк ўйини бўлиб ўтмоқда (онлайн ҳисоб)  5 20:00УЕФА Миллатлар лигаси. Франция учинчи ўрин учун баҳсда Германияни мағлубиятга учратди  15 19:54Про лига. "ФарДУ" ва "Арал" ўртасидаги ўйин тақдирини ягона гол ҳал қилди  1 19:38"Реал" мухлислари учун хушхабар  0 18:34Ўзбекистон U-21 — Россия U-21. Ўртоқлик ўйини учун таркиблар маълум  13 18:28"Қора" ишчилар мукофотланмайдими?  11 18:03Мундиал йўлланмасини тақдим этган БАА — Ўзбекистон ўйинидан мухлислар ФОТОГАЛЕРЕЯси  1 17:38Бернарду Силва "Манчестер Сити"ни тарк этиши мумкин  0 16:25Тер Штеген "Барселона" матбуот босими орқали уни кетишга мажбур қилмоқчи деб ҳисобламоқда, аммо...  10 15:55"Ливерпуль" ва "Милан" собиқ футболчиси Сегунда клубига ўтди  1 15:28ФИФА Жаҳон чемпионати пайтида клубларга қанча пул тўлайди?  10 15:10Индонезия терма жамоаси футболчиларига Хитой устидан қозонилган ғалаба учун Rolex соатлари совға қилинди  13 14:22"Ливерпуль" 120 млн евролик иккинчи трансферини тайёрламоқда  7 13:56Майк Меньян АПЛ гранди сафига ўтишга яқин  2 13:25Ўзбекистон ЖЧда! Қувончли лаҳзалардан ФОТОГАЛЕРЕЯ  16

Xurshid G'iyosov: "Men "Obod"ga va jamoadoshlarimga ishonaman" Yangiliklar

Xurshid G'iyosov: "Men "Obod"ga va jamoadoshlarimga ishonaman"

Oliy liganing 27-turidan o'rin olgan "SHo'rtan" - "Obod" (1:0) uchrashuvidan keyin mehmonlar yarim himoyachisi Xurshid G'iyosov o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
- "SHo'rtan"ga qarshi bahsning ilk daqiqalaridan o'z darvozamizdan to'p olib chiqqanimiz ruhiyatimizga salbiy tasir qildi. Lekin biz vaziyatni o'nglash uchun qo'ldan kelgancha harakat qildik. Gol urib, hisobni tenglashtirishimiz yoki g'alaba qozonishimiz ham mumkin edi, biroq omadimiz kelmagani sababli buni uddalay olmadik, deb o'ylayman.  

Bizni bir-biridan muhim uchta o'yin kutmoqda. SHu bois, "SHo'rtan" bilan bo'lgan uchrashuvni unutgan holda navbatdagi bellashuvlarga tayyorgarlik ko'rishda davom etamiz. Hozir oliy ligada qolishga harakat qilayotgan barcha jamoalarda imkoniyat saqlanib turibdi. O'ylaymanki, barcha klublar so'nggi turgacha bunga harakat qiladi. Yakunda qaysi jamoa bung munosib bo'lsa, o'sha oliy ligada qoladi. Men "Obod"ga va jamoadoshlarimga ishonaman! Qolgan uch o'yinda o'zimizga kerakli ochkolarni jamg'arib, kuchlilar safidagi o'rnimizni saqlab qolamiz, degan umiddaman!

"Obod" matbuot xizmati
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика