"Real" muxlislari uchun xushxabar

Alisher Ostonov
8 iyun 2025, 19:38
"Real" va Tibo Kurtua shartnomani uzaytirishga yaqin turibdi.

Insayder Fabricio Romanoning yozishicha, madridliklar darvozabonga 1 iyuldan keyin, yani amaldagi shartnomasi tugashidan bir yil oldin yangi kelishuv taklif qiladi.

Shartnoma yozda uzaytirilishi kutilmoqda, chunki "Real" ham, Kurtua ham hamkorlikdan mamnun.

Kurtua "Real" safida 2018 yildan buyon o'ynab kelmoqda. Belgiyalik futbolchi La Liganing yakunlangan mavsumida 30 ta o'yinda maydonga tushib, ularning 11 tasida o'z darvozasidan to'p olib chiqmadi.


O'xshash yangiliklar


Alisher OstonovMuallif
Manba: x.com/FabrizioRomano